1

O`zbekiston Kubogi–2017 musobaqasiga qur`a tashlandi

Sport 01.02.2017, 22:08
O`zbekiston Kubogi–2017 musobaqasiga qur`a tashlandi

Bugun, 1 fevral kuni O`zbekiston Futbol Federasiyasi (O`FF) anjumanlar zalida O`zbekiston Kubogi yangi mavsumiga qur`a tashlash marosimi bo`lib o`tdi.

2017 yilgi O`zbekiston Kubogi o`yinlari mart oyida saralash bosqichidan start oladi. Musobaqaning 1/16 finaliga Birinchi Ligadan yo`llanma oladigan klublar aniqlanadi. Raqiblar mintaqaviy prinsipga muvofiq aniqlanadi va qur`a natijalariga ko`ra to`r (setka)ning yuqori qismidan o`rin olgan jamoa mazkur bosqichda mezbon sifatida harakat qiladi.

Ikkinchi bosqich, ya`ni, 1/16 finalida Oliy Liga va Birinchi Liga jamoalari, shuningdek, dastlabki bosqichdan muvaffaqiyatli o`tgan Birinchi Liga jamoalari ishtirok etadi. Qur`aga ko`ra, mazkur bosqichda ishtirok etadigan jamoalar 1–14 setkadagi o`z o`rinlariga ega bo`ldi. 2016 yilgi O`zbekiston chempioni – “Lokomotiv” PFK hamda kumush medal sohibi “Bunyodkor” klublari turnirga 1/8 final bosqichidan qo`shilishlari bois, mazkur bosqichda ishtirok etmaydi.

Ushbu bosqich o`yinlari bir o`yindan iborat va bu bosqichda to`r (setka)ning yuqori qismidan o`rin olgan jamoalar, ya`ni, Birinchi Liga jamoalari mezbonlik qiladi.

Ta`kidlash joiz, dastlabki ikki bosqich o`yinlari asosiy vaqtda durang bilan yakunlansa, reglamentga binoan tanaffussiz 15 daqiqadan iborat ikkita qo`shimcha bo`limlar belgilanadi. Asosiy va qo`shimcha vaqt orasidagi tanaffus 5 daqiqadan oshmasligi kerak. Agar qo`shimcha vaqtda ham durang natija qayd etilsa, u holda g`olib penaltilar seriyasida aniqlanadi.

Musobaqaning 1/8 finalida 1/16 final g`oliblari, qur`aga ko`ra to`r(setka)ning ikki qismidan joy olgan “Lokomotiv” PFK, “Bunyodkor” PFK klublari ham o`z ishtirokini aynan ushbu bosqichdan boshlaydilar. Ta`kidlash joiz, “Lokomotiv” PFK setkaning I qismidan o`rin olgan bo`lsa, “Bunyodkor” PFK setkaning II qismidan o`rin oldi. Ushbu bosqich o`yinlari ikki o`yindan iborat tarzda o`tadi va dastlabki o`yinga turnir setkasining yuqorisidan o`rin olgan klublar mezbonlik qiladi.

Chorak finalda 1/8 final g`oliblari ishtirok etadi. Juftlik g`oliblari ikki o`yin natijasiga ko`ra aniqlanadilar. Uy-safar tartibi qur`aga ko`ra aniqlanadi.

1/2 finalda chorak final g`oliblari uchrashadi. G`olib ikki o`yin natijasiga ko`ra aniqlanadi va dastlabki o`yinga qaysi jamoa mezbonlik qilishi qur`aga ko`ra aniqlanadi.

O`zbekiston Kubogi–2017.

Saralash bosqichi. 19 mart

“G`allakor-Barsa (G`allaorol) – “Neftchi” (Jarqo`rg`on)

“Istiqlol” (Farg`ona) – “Yangier” (Yangier)

1/16 final. 24-25 mart

“Norin” (Xaqqulobod) – “Qizilqum” (Navoiy)

“Orol” (Nukus) – “So`g`diyona” (Jizzax)

“O`z-Dong-Ju” (Andijon) – “Buxoro” (Buxoro)

“G`allakor-Barsa” – “Neftchi” juftligi g`olibi – “Qo`qon-1912” (Qo`qon)

“NBU-Osiyo” (Toshkent) – “Metallurg” (Bekobod)

“Nurafshon” (Buxoro) – “Paxtakor” (Toshkent)

“Lokomotiv-BFK” (Toshkent) – “Nasaf” (Qarshi)

“Zomin” (Zomin) – “Dinamo” (Samarqand)

“Sementchi” (Quvasoy) – “Olmaliq” (Olmaliq)

“Yozyovon-Lochinlari” (Yozyovon) – “Obod” (Toshkent)

“Istiqlol” – “Yangier” juftligi g`olibi – “Mash`al” (Muborak)

“Andijon” (Andijon) – “Neftchi” (Farg`ona)

“Xorazm» (Urganch) – “Navbahor” (Namangan)

“Xotira-79” (Uychi) – “Sho`rtan” (G`uzor)

“Lokomotiv” hamda “Bunyodkor” musobaqaga 1/8 finaldan qo`shiladilar. Qur`aga ko`ra “Lokomotiv” turnir setkasining yuqori qismidan o`rin olgan bo`lsa, “Bunyodkor” pastki qismdan o`rin oldi.

1/8 final:

“Lokomotiv” – “Norin” – “Qizilqum” juftligi g`olibi

“Bunyodkor” – “Xotira-79” – “Sho`rtan” juftligi g`olibi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1