​Shavkat Mirziyoev poytaxtning Bunyodkor va Muqimiy ko`chalarida qurilayotgan yangi yo`l o`tkazgich qurilishi bilan tanishdi

Jamiyat 03.02.2017, 16:50
Teglar: Toshkent, Shavkat Mirziyoev
​Shavkat Mirziyoev poytaxtning Bunyodkor va Muqimiy ko`chalarida qurilayotgan yangi yo`l o`tkazgich qurilishi bilan tanishdi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev 3 fevral kuni poytaxtimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.

Davlatimiz rahbari poytaxtimizning Chilonzor tumanidagi Bunyodkor va Muqimiy ko`chalari kesishgan joyda qurilayotgan yo`l o`tkazgich bilan tanishdi.

Quruvchilarimiz bu kabi ulkan bunyodkorlik ishlarining hadisini olgan. Bugun Muqimiy va Bunyodkor ko`chalari kesishgan chorrahada tirbandlik yuzaga kelib, haydovchi va yo`lovchilarning ortiqcha vaqt yo`qotishiga, yoqilg`i sarfi oshib, atrof-muhit ifloslanishiga sabab bo`layotir.

Umumiy uzunligi 900, balandligi 6, kengligi 24 metr bo`lgan 6 polosali mazkur yo`l o`tkazgich nafaqat haydovchilar va piyodalarga, balki shu erda yashayotgan aholiga ham bir qancha qulayliklar yaratadi.

Ko`prikning ikki tomonida piyodalar uchun umumiy uzunligi 131,6 metr bo`lgan ikkita er usti o`tish yo`lagi ham barpo etilmoqda. Yog`in-sochinli kunlarda himoyalanish moslamalari o`rnatishga alohida e`tibor qaratilmoqda, deb yozadi O`zA.

Prezidentimiz qurilishning borishi bilan tanishar ekan, mamlakatimizda kundan-kunga aholining yashash farovonligi oshib, xonadonlarda mashinalar ko`payayotgani, poytaxt ko`chalarida avtomobil qatnovining kengayayotganini inobatga olish, buning uchun qo`shimcha yo`llar va ko`priklar barpo etishga ehtiyoj sezilayotganini alohida ta`kidladi.

Quruvchilarga ishning tez va sifatli bajarilishi yuzasidan tegishli tavsiyalar berdi.

Ko`prik Navro`z bayrami arafasida ishga tushirilishi mo`ljallanmoqda.

Sharhlar

Toshkentda bolalarni o`g`irlab ketilayotgani haqida video tarqaldi. O`quvchilarni nega mashinaga tiqishmoqchi bo`lishgani ochiqlandi (video)

04.02.2023, 10:15

Ijtimoiy tarmoqlarda go`yoki maktab o`quvchilarini o`g`irlashmoqchi bo`lishayotganligi haqida video xabarlar tarqalmoqda.Mazkur video tarqalidan so`ng, bolalarning yaqinlari deb aytilgan audio ham tarqaldi.Holat bo`yicha IIV o`rganish natijalarini...
Toshkentda "dom" oldida turgan "Captiva" yonib ketdi (video)

01.02.2023, 09:52

Too`kentda "Captiva" yonib ketdi. Bu haqda YHXX xabar bermoqda. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, bugun, 2023 yil 1 fevral kuni soat 08:30 larda, Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, KXAY...
Toshkent viloyatida xizmat qilayotgan 20 yoshli askar vafot etdi. Holat bo`yicha tekshiruv boshlandi (video)

17.01.2023, 12:04

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi harbiy qismlarning birida muddatli harbiy xizmatni o`tayotgan 20 yoshli yigitning vafot etgani yuzasidan xabar tarqaldi.Ma`lum qilinishicha, 12 yanvar kuni...
Toshkentda 17 ta mashina ishtirokida katta avariya sodir bo`ldi (video)

13.01.2023, 09:20

Kecha, 12 yanvar kuni Toshkent shahrida 17 ta mashina ishtirokida yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi. Poytaxt YHXB axborot xizmati hodisa yuzasidan ma`lumot taqdim etdi.Ma`lum qilinishicha, soat 20:40...