AsosiySport

Luis Suares va Serji Roberto Ispaniya Kubogini o`tkazib yuboradi

'Luis Suares va Serji Roberto Ispaniya Kubogini o`tkazib yuboradi'ning rasmi

“Barselona” hujumchisi Luis Suares va yarim himoyachi Serji Roberto “Atletiko”ga qarshi (1:1) Ispaniya Kubogi yarim final javob o`yinida maydondan chetlatildi.

Championat.com nashrining xabar berishicha, har ikki futbolchi Ispaniya Kubogi finalida kataloniyaliklarga yordam bera olmaydi. Sariq kartochkalari to`planib qolgan va diskvalifikasiyasini o`tagan Neymar final bahsida maydonga tusha oladi.

Eslatib o`tamiz, “Barselona” finalda “Selta” va “Alaves” urchashuvi g`olibi bilan kurashadi. Ushbu jamoalar ilk o`yinda 0:0 hisobida durang o`ynagan va g`olib nomi bugun ma`lum bo`ladi.

Boshqa yangiliklar