19 yoshgacha bo`lgan ayollar o`rtasidagi Osiyo chempionati–2017 turniriga qur`a tashlash marosimi shu yilning 28 aprel kuni Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahridagi OFK qarorgohida bo`lib o`tadi.
O`FF matbuot xizmatining xabar berishicha, marosim mahalliy vaqt bilan 16:00 da boshlanishi rejalashtirilgan. Qur`a davomida 8 ta mamlakat terma jamoasi (reytingdagi o`rniga tegishli ravishda) – Xitoy, Yaponiya, KXDR, Janubiy Koreya, Avstraliya, Tailand, O`zbekiston va Vetnam ikki guruhga bo`linadi.
Guruhda 1–2 o`rinlarni egallagan terma jamoalar yarim finalga chiqadi. Turnir yakuniga ko`ra 1–3 o`rinlarni egallagan terma jamoalar ayollar o`rtasidagi U-20 Jahon chempionati–2018 yo`llanmasiga ega bo`ladi.
Eslatib o`tamiz, Ayollar o`rtasidagi U-19 Osiyo chempionati–2017 musobaqasi 14–28 oktyabr kunlari Xitoyda bo`lib o`tadi.






