Evropa Chempionlar ligasi nimchorak finalida “Manchester Siti” o`z maydonida “Monako” futbolchilarini qabul qildi.
Gollarga boy kechgan dramatik o`yinda inglizlar 5:3 hisobidagi irodali g`alabaga erishdi. G`oliblar safida Aguero dubl qayd etgan bo`lsa, Stounz, Sterling va Sane bittadan gol urishdi.
“Monako”dan Falkaoda dubl va Mbappeda bitta gol. O`yinning 50-daqiqasida Falkao penaltidan gol ura olmaganini qayd etish kerak.
Manchester Siti (Angliya) – Monako (Monako) 5:3
Gollar: 1:0 – 26 Sterling, 1:1 – 32 Falkao, 1:2 – 40 Mbappe, 2:2 – 58 Aguero, 2:3 –61 Falkao, 3:3 – 71 Aguero, 4:3 – 77 Stounz, 5:3 – 82 Sane.
Manchester Siti – Kabalero, Stounz, Otamendi, Sanya, Fernandino (Sabaleta, 62), de Bryuyne, Ture, Silva, Sane, Sterling (Navas, 89), Aguero (Fernando, 87).
Monako – Subashich, Glik, Fabino, Mendi, Raji, Lemar, Bernardu Silva (Moutinyu, 85), Mbappe (Jermen, 79), Bakayoko (Dirar, 88), Sidibe, Falkao.
Ogohlantirishlar: Glik (8), Sidibe (25), Aguero (35), Fernandino (40), Otamendi (49), Bakayoko (55), Falkao (67), Sabaleta (73), Bernardu Silva (76), Fabino (81).