AsosiySport

EChL. “Atletiko” safarda “Bayer” ustidan ishonchli g`alabaga erishdi

'EChL. “Atletiko” safarda “Bayer” ustidan ishonchli g`alabaga erishdi 'ning rasmi

Evropa Chempionlar ligasi nimchorak finalida “Bayer” o`z uyida “Atletiko Madrid” futbolchilari bilan o`zaro bahs olib bordi.

Qiziqarli kechgan o`yinda 6 ta gol kiritildi. Shulardan 4 tasini madridliklar kiritishdi. Javob o`yini oldidan Diego Simeone jamoasi yaxshi vaziyatni yaratdi.

“Bayer” (Germaniya) – “Atletiko” (Ispaniya) 2:4

Gollar: 0:1 – 17 Saul, 0:2 – 25 Grizmann, 1:2 – 48 Belarabi, 1:3 – 58, penalti Gameyro, 2:3 – 67, avtogol Savich, 2:4 – 86 Torres.

“Bayer”: Leno, Vendell, Dragovich, Toprak, Xenrixs, Arangis, Belarabi (Poxyanpalo, 66), Xaverts (Folland, 56), Kampl, Brandt (Beyli, 87), Ernandes

“Atletiko”: Moyya, Savich, Filipe Luis, Ximenes, Vrsalko, Ferreyra Karrasko (Torres, 78), Koke, Gabi, Saul, Grizmann (Korrea, 78), Gameyro (Parti, 71).

Ogohlantirishlar: Xenrixs (15), Dragovich (58), Vendell (64), Arangis (74), Torres (87), Gabi(89), Filipe Luis (90).

Boshqa yangiliklar