Osiyo futbol konfederasiyasi (OFK) Futzal va plyaj futboli qo`mitasi tarixda ilk marotaba o`tkaziladigan 20 yoshgacha bo`lgan futzalchilar o`rtasidagi Osiyo chempionati o`tkazilish sanasi o`zgargani haqida ma`lum qildi.
Mazkur chempionat shu yilning 9–21 may kunlari bo`lib o`tishi rejalashtirilgandi. OFK va FIFA Kongresslari mos ravishda 8 va 11-may kunlari o`tkazilishi munosabati bilan musobaqa 16–26 may kunlariga ko`chirildi.
Eslatib o`tamiz, futzal bo`yicha U-20 Osiyo chempionatiga 30 mart kuni qur`a tashlanadi. O`zbekiston U-20 terma jamoasi Eron, Tailand va Vetnam yoshlar termasi bilan 1-savatchadan joy oldi.






