AsosiyShou-biznes
24029

​Oyxon Iforzodaga Shoh Alimovich “Mersedes” sovg`a qildi

'​Oyxon Iforzodaga Shoh Alimovich “Mersedes” sovg`a qildi'ning rasmi

Ota-ona bo`lganiga ko`p bo`lmagan boshlovchilar Oyxon Iforzoda va Shoh Alimovich kecha to`ylarining 1 yilligi sanasini nishonlashdi.

Oyxon Iforzoda “Instagram”dagi kuzatuvchilari bilan kecha bo`lib o`tgan ajoyib voqea bilan bo`lishdi:

“Sizlar bilan ajoyib yangilikni bo`lishmoqchiman! Ertalabdan men biroz hafa edim, sababi doimo e`tiborliligi bilan ajralib turgan turmush o`rtog`im to`yimiz sanasini unutganday edi go`yo. Ertalab turib, sovg`a qilish u yoqda tursin hatto bir og`iz ham tabriklashni lozim topmagan turmush o`rtog`imdan juda hafa bo`ldim. Undan kechga rejalari haqida so`rasam, u javob ham bergisi kelmadi. Bundan hatto yig`lab ham oldim, nahotki, to`yimizning ilk sanasini unutgan bo`lsa... Keyin bilishimcha, buning hammasiga mana shu sovg`a sabab bo`lgan, men uni juda orzu qilgandim. Sevgilim, hammasi uchun rahmat!”

Darvoqe, yaqinda Shoh Alimovich hamda Oyxon farzandi Amirshoxning chillasi chiqqanini nishonlashgandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar