AsosiySUG'DIYONA
26939

​Erkaklarni o`zidan qochiradigan 6 toifadagi ayol

'​Erkaklarni o`zidan qochiradigan 6 toifadagi ayol 'ning rasmi

Ideal munosabatlarda biz juftimizga faqat bizdagi yaxshi tomonlarni ko`rish imkonini beramiz, real hayotda esa ular bizlarning “qora” tomonlarimizdan xabardor bo`lishlariga to`g`ri keladi. Biroq ayrim ayollar o`zlarini o`ta mehribon, ayrimlar o`ta ehtirosli yoki muammolarga to`lib toshgan qilib ko`rsatishadi. Quyida e`tiboringizga erkaklar orqa-oldiga qaramay qochadigan toifadagi ayollarni taqdim etamiz.


MAKKORA

Makkora ayol erkak kishiga nima qilishni o`rgatib, doim munosabatlarni nazorat qilishga urunadi. U o`zini huddi muammolarni echa oladigan qilib ko`rsatadi va doimiy ravishda erkakning har bir harakatini nazorat qiladi.



OYIJON

«Oyijon» doim juftiga enagalik qiladi. U doim undan havotirda, g`amxo`r, nima kiyishni o`rgatadi, ishxonada nima egani bilan qiziqadi, uyqudan oldin peshonasidan o`pib qo`yadi.

Siz uchun bu me`yordir, ammo aslida unday emas. «Oyijon» juftining barcha shodlik, g`am, parvoz va muvafaqqiyatsizliklarini o`ziniki deb qabul qiladi. Bu erkakning joniga tegishi va u bunday munosabatlardan voz kechishi aniq.



O`TA EHTIROSLI

«O`ta ehtirosli» ayol erkaklarni o`z domiga jinsiy munosabatlar bilan tortib, shu yo`l bilan ularni nazorat qiladi. U erkak kishi u istagan narsani qilishi uchun barchasini qiladi. Ammo bu holat erkakdagi norozilik kayfiyatini uyg`otishi mumkin.



MUAMMOLI AYoL

Bunday munosabatlarning syujeti oddiy: yigit qizni uchratadi, uni qutqaradi, va ular baxtli hayot kechiradi. Bu romantik tuyulishi mumkin, ammo faqat bir muddat ish beradi. Ohir-oqibat erkak ham qahramon bo`lishdan charchaydi.



BUXGALTER

«Buxgalter» – ushbu roldagi ayol kim, qachon va nima uchun to`layotganligini nazorat qiladi. Muammo shundaki, munosabatlar —biznes emas, hursandchilik.



MALIKA

Ayol doim «Malika» rolini o`ynab, faqat o`zi haqida o`ylasa sevgini butkul unutadi. Bunday ayol doim uni cho`qqiga ko`tarishlarini istaydi. Bunday ayollar nafaqat juftini baxtdan bebahra qiladi, balki o`zi ham haqiqiy sevgini his qilmay o`tadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar