AsosiyJamiyat
4504

​Qoraqalpog`istonda qisqa tutashuv natijasida kelib chiqqan yong`inda uy egasi halok bo`ldi

'​Qoraqalpog`istonda qisqa tutashuv natijasida kelib chiqqan yong`inda uy egasi halok bo`ldi'ning rasmi

Qashqadaryo viloyati Yakkabog` tumanida yashovchi fuqaro O`.Mamatovning uyida elektr isitish moslamasidan foydalanilib, nazoratsiz qoldirilishi oqibatida yong`in sodir bo`lib, uyning 120 kv. metr maydonda tomi, shift qismi va uy jihozlari yonib zararlangan, deb xabar beradi O`zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati.

Qoraqalpog`iston Respublikasi Beruniy tumanida yashagan fuqaro A.Malikovaning uyida elektr simlarning qisqa tutashuvi natijasida yong`in sodir bo`lib, uyning 100 kv.m. maydonda tomi, shift qismi va uy jihozlari yonib zararlangan. Yong`inni o`chirish vaqtida uy egasinining kuygan holdagi jasadi topilgan hamda kelini kuyish tan jarohati olgan holda shifoxonaga yotqizilgan.

Sirdaryo viloyati Guliston shahrida yashovchi fuqaro R.Eshmatovning uyida isitish pechining dudburoni qizib ketishi natijasida yong`in sodir bo`lib, uyning 90 kv.m. maydonda tomi, shift qismi va uy jihozlari yonib zararlangan.

Farg`ona shahrida yashovchi fuqaro I.Dmitriev uyida mast holda sigareta chekib uxlab qolishi natijasida 2 kv. metr maydonda uy jihozlari yonib zararlangan. Yong`in oqibatida uy egasi kuyish tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar