AsosiySport

“Barselona” Lionel Messiga yiliga 35 million evro to`lashga tayyor

'“Barselona” Lionel Messiga yiliga 35 million evro to`lashga tayyor'ning rasmi

“Barselona” rahbariyati hujumchi Lionel Messi bilan yangi shartnoma imzolash borasida ish olib bormoqda.

29 yoshli hujumchi bilan amaldagi shartnoma muddati 2018 yilning yozida yakuniga etishi lozim. Klub yangi shartnoma imzolash imkoniyatlarini qidirmoqda. “Barselona” rahbariyati Messiga talab qilinayotgan 35 million evro to`lashga tayyor.

Messining o`zi ham yangi shartnoma borasida ijobiy fikrda. Uning o`g`li Barselonadagi maktabga bormoqda va rafiqasi Kataloniyadagi holatidan batamom xursand. U faqat Argentinaga qaytib borish imkoniyatlarini ko`rib chiqishga tayyor.

Eslatib o`tamiz, Xitoy klublaridan biri Messiga yiliga 50 million evro to`lashga tayyor. Ammo bu transfer amalga oshishi ehtimoli juda past.

Boshqa yangiliklar