“Kollejlarda ham ikkinchi mutaxassislikka o`qisa bo`ladimi? Agar mumkin bo`lsa, necha yoshgacha va o`qish muddati qancha”
Qudrat Isaev, Toshkent shahri
X.Zikrillaev, O`rta maxsus kasb-hunar ta`limi markazi direktorining birinchi o`rinbosari:
— O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008 yil 21 avgustda 1844-son bilan davlat ro`yxatidan o`tkazilgan “O`zbekiston Respublikasi ta`lim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi ta`limni olish tartibi to`g`risida”gi Nizomning 2-bandida o`rta maxsus, kasb-hunar ma`lumotli mutaxassis darajasiga ega bo`lgan shaxslar — o`rta maxsus, kasb-hunar ta`lim yo`nalishlari bo`yicha ikkinchi va undan keyingi o`rta maxsus, kasb-hunar ma`lumotni olish huquqiga egaligi ko`rsatilgan. O`quvchilar yoshi cheklanmagan bo`lib, o`qish muddati asosan bir yilu, olti oydan iborat.