Zarur masalliqlar (8-10 kishilik): 200 gr. qaynatilgan tovuq go`shti, 2 ta qaynatilgan sabzi, 3 dona qaynatilgan tuxum, 2 paket somoncha shaklida qovurilgan tayyor kartoshka, 1 bog` ko`k piyoz, mayonez, tuz.
Tayyorlanishi: 1. Tovuq go`shtini somoncha shaklida, 2 dona tuxumni esa to`rtga bo`lib, parrak shaklida to`g`rang. Sabzini ham uzunasiga to`rtga bo`lib, parrak shaklida yupqa qilib to`g`rang.
2. Alohida idishda to`g`ralgan masalliqlarni qovurilgan kartoshka va mayonez bilan engil aralashtirib, tuzini sozlang.
3. Chuqurroq likopchaga salatni solib, atrofini mayda to`g`ralgan ko`k piyoz bilan bezating. Ustki qismiga qirg`ichdan chiqarilgan bir dona tuxumni sepib, sabzidan gullar yasang. Gul bargi ko`k piyozdan yasaladi. Ta`mi yaxshilanishi uchun 20 daqiqa muzlatgichda qo`ying.
Tayyorlanish vaqti: 15 daqiqa.






