Suriyaning poytaxtdan 20 kilometr uzoqlikda joylashgan Aleppo viloyatidagi Al-Jin qishlog`idagi machitda aviahujum oqbatida 40 dan ortiq odam halok bo`ldi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.
Nashrning xabar berishicha, noma`lum samolyotlar tomonidan machitga shom namozini o`qishga yig`ilgan odamlarga hujum qilib, o`qqa tutilgan. Oqibatda
42 kishi halok bo`lgan, 100 dan ortiq odam yaralangan.
To`rt yildan beri jangarilar qo`l ostida bo`lgan Aleppo shahri Suriya armiyasi va Rossiya harbiylari tomonidan dekabr oyida jangarilardan ozod qilingan edi.