AsosiySport

Futzal bo`yicha U-20 Osiyo chempionatiga qur`a tashlandi

'Futzal bo`yicha U-20 Osiyo chempionatiga qur`a tashlandi'ning rasmi

Tailand poytaxti Bangkok shahrida bugun, 30 mart kuni 20 yoshgacha bo`lgan futzalchilar o`rtasida tarixda birinchi marta o`tkaziladigan Osiyo chempionatiga qur`a tashlash marosimi bo`lib o`tdi.

Marosim Bangkok shahridagi Grand Fourwing Hotel mehmonxonasida o`tkazildi. Qur`a natijasiga ko`ra, O`zbekiston U-20 terma jamoasi “C” guruhidan joy oldi. Mazkur guruhda o`zbekistonlik futzalchilar Qatar, Livan, Myanma va Gong Kong davlatidagi tengdoshlari bilan kuch sinashadi.

Musobaqa reglamentiga ko`ra, har bir guruhda 1–2 o`rinlarni egallagan jamoalar chorak finalga yo`l oladi. Chorak finalda g`alaba qozonganlar yarim finalga, yarim finalda yutganlar esa finalga yo`l oladi. Shuningdek, uchinchi o`rin uchun ham uchrashuv o`tkaziladi.

Eslatib o`tamiz, futzal bo`yicha U-20 Osiyo chempionati 2017 yilning 16–26 may kunlari Bangkok shahridagi Bangkok Arena va Huamark Indoor Stadium sport majmualarida o`tkaziladi.

    Boshqa yangiliklar