AsosiySport

O`zbekiston ayollar termasi Osiyo Kubogi–2018 saralashida ishtirok etish uchun KXDRga jo`nab ketdi

'O`zbekiston ayollar termasi Osiyo Kubogi–2018 saralashida ishtirok etish uchun KXDRga jo`nab ketdi 'ning rasmi

O`zbekiston ayollar terma jamoasi Osiyo Kubogi–2018 saralash bosqichida ishtirok etish uchun bugun, 30 mart kuni Toshkent vaqti bilan 15:00da KXDRga uchib ketdi. KXDRga yo`l olishdan avval O`zbekiston ayollar terma jamoasi Terma jamoalar markazi rahbariyati bilan uchrashdi.

O`FF matbuot xizmatining xabar berishicha, O`zbekiston ayollar terma jamoasi Osiyo Kubogi–2018 saralash bosqichi “B” guruhidan joy olgan bo`lib, final bosqichiga chiqish uchun Janubiy Koreya, Gonkong, Hindiston va KXDR ayollar termasiga qarshi bahs olib boradi.

Quyida saralash bosqichida ishtirok etadigan futbolchilar ro`yxati keltirilgan.

Darvozabonlar: Laylo Tilolova, Maftuna Jonimqulova, Gulandon Boymatova;

Himoyachilar: Xolida Dadaboeva, Kamola Risqieva, Maftuna Shoyimova, Dilrabo Asadova, Nozima Kamoltoeva;

Yarim himoyachilar: Irodaxon Turdalieva, Zumratxon Nazarova, Umida Zoirova, Malika Burxonova, Sevara Normurodova, Saida Galimova, Maxfuza Turopova, Feruza Turdiboeva, Mavluda Munavvarova, Dildora Nozimova;

Hujumchilar: Nilufar Qudratova, Lyudmila Karachik, Lianna Narbekova, Maxliyo Sarikova, Rushaniya Safina.

“B” guruhi uchrashuvlari 3–11 aprel kunlari KXDRda bo`lib o`tadi. O`zbekiston ayollar terma jamoasining o`yin taqvimi quyidagicha:

3 aprel. Gonkong – O`zbekiston

7 aprel. O`zbekiston – Hindiston

9 aprel. O`zbekiston – KXDR

11 aprel. Janubiy Koreya – O`zbekiston

Reglamentga ko`ra, faqatgina guruh bosqichida zafar quchgan terma jamoa Osiyo Kubogi–2018 turnirining final bosqichiga yo`llanma oladi. O`z guruhida g`alaba qozongan terma jamoalar Yaponiya, Avstraliya, Xitoy (Osiyo chempionati–2014 yakuniga ko`ra eng yuqori reytingga ega bo`lgan jamoalar) hamda Iordaniya (turnir mezboni)ga qo`shiladi.

Shu tariqa, 2018 yilning 7–22 aprel kunlari bo`lib o`tadigan Osiyo chempionati final bosqichida jami 8 terma jamoa ishtirok etadi. Final bosqichida eng yaxshi natijani qayd etigan besh terma jamoa Fransiyada iyun/iyul oylarida bo`lib o`tadigan ayollar o`rtasidagi JCh–2019 musobaqasiga yo`llanma oladi.

Ma`lumot uchun, O`zbekiston ayollar terma jamoasi FIFA reytingida 42-o`rinda (1548 ochko) bormoqda.

Boshqa yangiliklar