AsosiySport

O`zbekistonlik ayol hakamlar Osiyo Kubogi–2018 saralash bosqichi uchrashuvlarida ishlaydi

'O`zbekistonlik ayol hakamlar Osiyo Kubogi–2018 saralash bosqichi uchrashuvlarida ishlaydi 'ning rasmi

O`zbekistonlik FIFA referilari Anna Sidorova, Edita Mirobidova va Zilola Rahmatova ayollar o`rtasidagi Osiyo Kubogi–2018 turniriga saralash bosqichi uchrashuvlarida ishlaydi.

Edita Mirobidova saralash bosqichining “D” guruhidan o`rin olgan o`yinlarda bosh hakam sifatida ishlaydi. Mazkur guruhdagi o`yinlar Vetnam poytaxti Xanoy shahrida 3–11 aprel kunlari o`tkaziladi.

Anna Sidorova (bosh hakam) va Zilola Rahmatova (bosh hakam yordamichisi) saralash bosqichining “A” guruhidan o`rin olgan bellashuvlardan ishlaydi. Ushbu guruhdagi uchrashuvlar Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida 3–12 aprel kunlari bo`lib o`tadi.

Qayd etish joiz, O`zbekiston ayollar terma jamoasi Osiyo Kubogi–2018 saralash bosqichida ishtirok etish uchun kecha, 30 mart kuni KXDRga yo`l oldi. “B” guruhidan joy olgan Sherali Boboqulov shogirdlari KXRD, Gonkong, Hindiston va Janubiy Koreya terma jamoalariga qarshi bahs yuritadi.

Boshqa yangiliklar