AsosiySport

APLda mart oyining eng yaxshilari aniqlandi

'APLda mart oyining eng yaxshilari aniqlandi 'ning rasmi

Angliya Premer-ligasi mart oyining eng yaxshi murabbiyi va futbolchisini aniqladi.

“Bornmut” jamoasi bosh murabbiyi Eddi Xau APLda mart oyining eng yaxshi murabbiyi deb topildi. Eddi Xau jamoasi mart oyida biror marta ham mag`lubiyatga uchramadi. Jamoa “Vest Xem” (3:2) va “Suonsi”ni (2:0) mag`lub etdi. “Manchester Yunayted” bilan esa safarda 1:1 hisobida durang o`ynadi.

“Everton” jamoasi hujumchisi Romelu Lukaku Angliya Premer-ligasining mart oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Belgiyalik futbolchi “Tottenxem”ga qarshi (2:3) o`yinda bitta, “Xall Siti”ga qarshi (4:0) bellashuvda 2 ta gol urdi. Shuningdek, u “Vest Bromvich”ga qarshi (3:0) uchrashuvda golli uzatmaga mualliflik qildi.


Boshqa yangiliklar