Osiyo Chempionlar Ligasi–2017 turniri “S” guruhi 4-turidan o`rin olgan “Zob Ahan” (Eron) – “Bunyodkor” (O`zbekiston) uchrashuvini singapurlik hakamlar guruhi boshqarib boradi.
O`yin bosh hakami etib Muhammad Taqi al-Jaafari bin Jahari tayinlandi. Unga qanotlarda Ronni Koh Min Kiat va Lim Kok Xeng yordam beradi. To`rtinchi hakam vazifasi nepallik Sudish Kumar Pandeyga yuklatildi.
Xitoylik Tu Siliang uchrashuv komissari bo`lib ishlaydi. Hakamlar nazoratchisi – Nosir Darvish Mustafo al-G`afariy (Iordaniya).
“Zob Ahan” va “Bunyodkor” o`rtasidagi uchrashuv 11 aprel kuni Isfahondagi Foolad Shahr Stadium maydonida bo`lib o`tadi. O`yin mahalliy vaqt bilan 19:35 (Toshkent vaqti bilan 20:05)da start olishi ko`zda tutilgan.






