AsosiySUG'DIYONA

​Qorin yo`qotishning 8 qoidasi

'​Qorin yo`qotishning 8 qoidasi'ning rasmi

Xotirjamlikni saqlang

Qattiq hayajon (stress) — qoringa yog` yig`ilishining birinchi sababi. Kuchli hayajon, ya`ni stress holatlari qorinni yo`q qilishiga sababchi bo`ladigan, “kortizol”, “gormon” miqdorini oshiradi. Tanglikdan qutulish uchun quyidagi mashq sizga asqotadi: qulay va tinch joyga o`tirib oling. Engil hamda sekinlik bilan nafas olib, ichingizni havoga to`ldiring. Bu usul ongingizni ravshanlashtiradi. Chuqur nafas olishni to`xtatmasdan, har nafas chiqarganingizda “bir” so`zini qaytarishga diqqatingizni jamlang. Agar biror nimaga chalg`isangiz, hechqisi yo`q. Yana bir bor mashqni qaytarishga urining. Ushbu usulni bir kunda ikki marotaba 5-10 daqiqa davomida qaytarishni unutmang.

Kletchatkali mahsulotlarni ko`proq iste`mol qiling

Bunday mahsulotlarni tanovvul qilish vazningizni kamaytirishga yordam beradi. Kletchatka oshqozonni to`ldiradi va shuning uchun ham ochlikni sezmaysiz. Shuningdek, ich qotishi, qoringa havo to`lishi haqida qayg`urmasangiz ham bo`ladi. Har kuni 25 g dan to 37 g gacha donli mahsulotlardan tayyorlangan taomlarni, qolaversa, meva-sabzavotlar yoki qo`shimcha oziq-ovqatlarni tanovvul qilish lozim.

Suv ichishni kanda qilmang

Hayzdan oldin juda ko`p miqdorda suv iching. Bu qorin shishishining oldini olib, organizmingiz faoliyatiga salbiy ta`sir ko`rsatmaydi.

Suyaklar haqida ham unutmang

Osteoporoz – suyaklaringizga shikast etkazadigan kasallik. Umrtqa pog`onasining nimjon suyaklari vaznni ushlab tura olmaydi. Bu esa vaqt o`tishi bilan elka chiqib, qomatni bukchayib qolishiga olib keladi. Nyu-York tibbiyot markazi fizioterapevti, shifokor Vilibald Naglerning aytishicha, bukchaygan qomat qorin bo`shlig`iga joy qoldirmaydi. Natijada, qorin do`ppayib chiqib qolar ekan. Agar 50 yoki undan kattaroq yoshda bo`lsangiz, har kuni 1200 mg kalsiyli taom iste`mol qilishingiz kerak. Bordi-yu yoshingiz 50 yoshdan past bo`lsa, har kuni 1000 mg kalsiy qabul qilishingizning o`zi etarli.

Aerobika mashqlari

Toki qorin mushaklaringiz yog` qavatlari bilan qoplangan ekan, bu holatda hech qanday mashq qorningizni yo`qota olmaydi. Eng yaxshi usul esa — haftasiga besh marta 45-60 daqiqa aerobika bilan shug`ullanish. Birgina misol, Barbara Teylor haftasiga besh marotaba yugurish, tinmay yurish, bir soatdan kam bo`lmagan vaqtda zinapoyadan yuqoriga ko`tarilish orqali qorin mushaklarini ochdi. Shuningdek, 30 kg ga ozishga muvaffaq bo`ldi.

Qorningizni ichingizga torting

Noxushlikni sezmaslik uchun qorningizni maksimal darajada ichingizga torting. Bu usulni qorningiz yodingizga tushganda, tez-tez takrorlab turing. Vaqt o`tishi bilan ushbu mashq xuddi nafas olishdek, doimiy odatingizga aylanib qoladi. Natijasi esa sizni hayratda qoldiradi.

Ortiqcha vazndan xalos bo`lamiz

Haftasiga ikki-uch marotaba jismoniy mashqlarni bajarishni oldingizga maqsad qilib qo`ying. Bu usul orqali qorningiz avvalgidan ancha yaxshilanganini sezasiz. Qorin mushaklari ham o`z holiga qaytadi.

Qorin mushaklari

Jismoniy mashqlarni tik turgan holatda bajarganingiz ma`qul. Shunda qorin mushaklarining ham ishlashiga imkon yaratgan bo`lasiz. Bu esa badaningizni belgilangan vaznda ushlab turishga va uni mustahkamlashga yordam beradi. O`zingizga bo`lgan nazoratni aslo susaytirmang. Gavdangizni doim to`g`ri tutishingiz, qorin mushaklari esa tortilgan bo`lishi kerak. Ammo bu holatda nafas olishni to`xtatib qo`ymang.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar