AsosiySport
3785

La Liga. “Real” ikkita gol o`tkazib yuborib ham g`alaba qozondi (Video)

'La Liga. “Real” ikkita gol o`tkazib yuborib ham g`alaba qozondi (Video)'ning rasmi

Ispaniya chempionati 30-turida “Real Madrid” jamoasi safarda “Leganes” futbolchilari bilan o`zaro kurash olib bordi.

Mazkur o`yinda muxlislar 6 ta gol ko`rdi, madridliklar esa yakunda 4:2 hisobidagi g`alabani rasmiylashtirdi.

“Qirollik klubi” safida Alvaro Morata xet-trik qayd etgan bo`lsa, yana bir golni Xames Rodriges kiritdi. Avvalroq "Barselona" markaziy o`yinda "Sevilya"ni tor-mor keltirgani haqida xabar berilgandi.

Leganes – Real Madrid 2:4 (2:3, 0:1)

Gollar: 0:1 – 15 Xames, 0:2 – 18 Morata, 0:3 – 23 Morata, 1:3 – 32 Pires, 2:3 – 34 Lusiano, 2:4 – 48 Morata.

Leganes – Yago Errerin, Mantovani, Siovas, Riko, Bustinsa, Timor, Pires (Bueno, 64), Shimanovski (Machis, 84), Peres, Tito (Samu, 54), Lusiano.

Real Madrid – Navas, Nacho, Marselo, Danilo, Ramos, Xames (Isko, 72), Kazemiro, Asensio, Kovachich (Modrich, 81), Vaskes, Morata (Dias, 78).

Ogohlantirishlar: Pires (57), Bustinsa (85), Nacho (90)

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar