AsosiySUG'DIYONA

​Smetanali salat —ishtahangizni ochish uchun!

'​Smetanali salat —ishtahangizni ochish uchun!'ning rasmi

Zarur masalliqlar: 3-4 dona yangi kartoshka, 1 dona bodring, 6 ta yong`oq mag`zi, 5 ta rediska, 2 osh qoshiq smetana, 1 choy qoshiq xantal, ko`kpiyoz, tuz, qora murch.

Tayyorlanishi: 1. Bodring va rediskani aylana shaklda yupqalab to`g`rang. Ko`kpiyozni maydalang.

2. Qaynatilgan yangi kartoshkani po`stidan tozalab, to`rtburchak shaklda o`rtacha kattalikda to`g`rang. Yong`oq mag`zini ham maydalang.

3. Smetanaga xantal, tuz va murch qo`shing.

4. Barcha masalliqlarni aralashtirib, smetanali sousni solamiz. Salatni yaxshilab aralashtirsangiz, bas.

20 daqiqa

2 kishilik

Boshqa yangiliklar