AsosiySUG'DIYONA

Gulkaramli toblama — pishloq bilan tayyorlab ko`ring!

'Gulkaramli toblama — pishloq bilan tayyorlab ko`ring!'ning rasmi

Zarur masalliqlar: 350 gr. gulkaram (kichkina bir bosh), 100 ml. smetana, 75 gr. qattiq pishloq, 1 dona tuxum, 2 osh qoshiq sariyog`, yarim osh qoshiq un, tuz, murch, maydalangan yong`oq mag`zi.

Tayyorlanishi: 1. Gulkaramning gullarini ajratib, qaynab turgan tuzli suvda 5 daqiqa qaynating-da, sovuq suvga soling. Keyin yaxshilab suvini silqitib oling. 10-15 daqiqa, qolgan suvi ajralguncha, kuting.

2. Smetana, tuxum va unni aralashtiring. Pishloqni qirg`ichdan o`tkazib, ozginasini olib qoling-da, qolganini smetanali aralashmaga soling. Tuz, murch va yong`oq mag`zini qo`shing.

3. Chuqurroq idishni sariyog`lab, gulkaram bo`laklarini soling. Ustidan smetanali aralashmani quyib, qolgan pishloq qirindisini seping. Toblamamiz 180 darajada qizdirilgan gaz pechida 40 daqiqada pishadi.

3 kishilik

1 soat

Boshqa yangiliklar