1

Soch to`kilishi haqidagi 8 afsonaga ​oydinlik kiritamiz!

SUG'DIYONA 14.04.2017, 14:44
Teglar: Ayol, Go`zallik
Soch to`kilishi haqidagi 8 afsonaga ​oydinlik kiritamiz!

«Sochni tez-tez kestirib tursang, qalinroq o`sadi», «Fendan foydalanaversang kal bo`lib qolasan», «Qalinroq o`sishi uchun chakamurg` moyidan surtish kerak!» Soch to`kilishi haqida gap ochilgan har qanday davrada aytiladigan, hammamizga yot bo`lib ketgan jumlalar, to`g`rimi? Ular haqiqatga qanchalik yaqin? Yoki shunchaki aytilgan gaplarmi? Afsonalarga trixolog Sherzod MAHMUDOV bilan birgalikda oydinlik kiritamiz.

№1. Turmaklar soch to`kilishiga olib keladi?

Ha, sochni qattiq tortib o`rish yoki tasmaga yig`ish chindan ham soch to`kilishini jadallashtirishi mumkin. Ayniqsa, chakkadagi sochlar bundan ko`proq ziyon ko`radi. Biroq odatda bunday turmaklashni to`xtatganingiz zahoti soch to`kilishi ham yakun topadi.

№2. Tez-tez yuvish zarar

Yo`q. Boshni yuvganingizda bosh terisining faqatgina yuqori qavatidagi (o`z vazifasini o`tab bo`lgan) hujayralardan tozalagan bo`lasiz. Uning ildizi esa ancha chuqurroq joylashgan. Boshni yuvganda to`kiladigan sochlarning ildizi esa allaqachon piyozchasidan ajralgan bo`ladi. Biroq shampunni noto`g`ri tanlash qazg`oq, sochning siyraklashishi, sinuvchan bo`lib qolishi kabi muammolarni keltirib chiqaradi. Shampunni bosh terisining turiga qarab xarid qilish lozim.

№3. Fen bilan quritish sochni to`kadi?!

Ha, issiqlik ta`sirida sochning tarkibiga ziyon etishi, u o`zgarishi bor gap. Bunda soch mo`rtlashadi va sekin-astalik bilan to`kila boshlaydi. Ustiga-ustak xo`l sochni tarash vaziyatni yanada og`irlashtiradi. Haddan tashqari issiq haroratni talab etadigan turmaklar esa bosh terisin kuydirib, soch follekulasiga ziyon etkazadi. Ko`p hollarda aynan shu tufayli ham soch to`kilishi bezovta qiladi. Bu o`rinda fendan emas, fenning issiq haroratidan ehtiyot bo`lishni tavsiya etish mumkin. Nafaqat fen, balki termobigudi yoki shunga o`xshash maxsus moslamalarda amalga oshiriladigan turmaklarning oqibati ham ayanchli yakun topishi mumkin. Bilamiz, ayollarga bunday turmaklarni taqiqlashning foydasi yo`q. Shuning uchun bigudilarning sochni avaylaydigan, egiluvchan turlariga ixtiyor berishni tavsiya qilamiz. Qolaversa, rastalarda issiqlik ta`siridan himoya qiluvchi spreylar ham bisyor.

№4. Sochni kuniga 100 marta tarash qon aylanishi yaxshilab, sochni mustahkam qiladi.

Afsuski, unday emas. Soch haddan tashqari ko`p taralganida yoki taroqning tishlari o`tkir bo`lganda bosh terisiga ziyon etishi mumkin. Qolaversa, bu ma`lumot ilmiy asosga ega emas. Agar qon aylanishini yaxshilayman, desangiz uqalash muolajasiga murojaat qilishingiz mumkin.

№5. Tez-tez kestirish, sochni qalin qiladi

Bu quruq safsata xolos. «O`zimda shunday bo`lgan, tajribadan o`tgan» deya e`tiroz bildirishga shoshilmang. Chunki sochning ildizga yaqin qismi tabiatan qalinroq bo`ladi, uchi esa ingichka. Shuning uchun ham sochni kesish uni qalinlashtirgandek aldamchi holatni yuzaga keltiradi.

№6. Parhezlar soch to`kilishiga olib keladi

Ha, shunday bo`lishi ehtimoli mavjud. Bilamizki, sochning sog`lomligi ko`p jihatdan ildiz orqali etib kelayotgan ozuqaga bog`liq. Agar o`sha ozuqa qon orqali ildizlarga etib kelmasa, soch ildizi kuchsizlana boshlaydi va oxir oqibat to`kiladi.

№7. Stress soch to`kilishiga sabab bo`ladi

Chindan ham shunday. Chunki stress chog`ida qon tomirlari torayib, ildizlarga kislorod etib kelishi kamayadi. Biroq soch to`kilishi kundalik asabbuzarlikdan emas, inson ruhiyatiga qattiq ta`sir o`tkazuvchi kuchli stress oqibatida yuzaga keladi. Stress o`tib ketganidan keyin bari asl holiga qayta boshlaydi.

№8. Chakamurg` moyi soch ildizini mustahkamlaydi

Aslida, bu moy hammaga ham to`g`ri kelavermaydi. Masalan, bosh terisi yog`li bo`lgan kishilarga chakamurg` yoki boshqa moylardan foydalanish tavsiya etilmaydi. Chunki yog` bezlari soch o`sib chiqish yo`lini to`sib qo`yishi mumkin. Turli moylar esa vaziyatni yanada og`irlashtiradi.

MAFTUNA tayyorladi.

Sharhlar

Ayolni qotillikka boshlagan rashk: Yangiyo`llik juvon boshqa ayolga uylanmoqchi bo`lgan shar`iy nikohidagi erini o`ldirib qo`ydi...

23.08.2021, 16:08

Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...
Ayolning joni qirqta, ammo qismati bittami? Yoxud zo`ravonlik va tazyiq qurbonlari… (video)

01.06.2021, 18:32

So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlarning tahqirlanishi, ayovsiz kaltaklanish holatlari aks etgan xabar va voqealar haqidagi chiqishlar keskin ortib ketdi. Ammo bu kabi vaziyatlar kechagina sodir...
Farg`onada 32 yashar ayol tomorqasida ko`knori etishtirayotgani aniqlandi

13.05.2021, 22:34

Farg`ona viloyati Marg`ilon shahrida 32 yashar ayol uyining tomorqasida ko`knori o`simligi etishtirayotgani aniqlandi, deya xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.Qayd etilishicha, 2021 yilning 5 may kuni...
"Go`zallikning kelib chiqishi" loyihasi inson go`zalligi har xil bo`lishi mumkinligini ko`rsatdi(foto)

03.12.2020, 19:22

Insoniyatning etnik xilma-xilligini o`rganish uchun "Go`zallikning kelib chiqishi" nomli loyiha tashkil etildi. Millatlar go`zalliklari o`rtasidagi tafovutni namoyon etish uchun turli mamlakat vakillari suratga tushirilmoqda.Loyihada 18 yoshdan...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1