AsosiySUG'DIYONA

​Farzandingizga o`ylab gapiriladigan 12 gap

'​Farzandingizga o`ylab gapiriladigan 12 gap'ning rasmi

1. Zarar keltiradi

Chunki men shunday dedim!

Foyda keltiradi

Bilayapman, yana o`ynaging kelyapti. Lekin buvingnikiga borishimiz kerak.

2. Zarar keltiradi

Yig`lama!

Foyda keltiradi

Qanchalik og`irligini bilaman, o`rningda men ham xafa bo`lardim.

3. Zarar keltiradi

Ovqatingni eb qo`ymasang, kichkina va nimjon bo`lib qolasan.

Foyda keltiradi

Ovqatingni eb qo`ysang, xuddi dadangdek aqlli va kuchli bo`lasan.

4. Zarar keltiradi

Noto`g`ri qilayapsan, ber bu yoqqa!

Foyda keltiradi

Kel senga buning oson yo`lini o`rgataman.

5. Zarar keltiradi

Xavotir olayotganingni ko`rib turibman.

Foyda keltiradi

Kel bu haqda gaplashib olamiz.

6. Zarar keltiradi

Bo`laqolsangchi, yana qancha kutish mumkin!

Foyda keltiradi

Kel, kim birinchi bajarishga o`ynaymiz?

7. Zarar keltiradi

Ma, ol, faqat tinchlan!

Foyda keltiradi

Hammasini tushunaman, ammo bunga ruxsat bermasligimni bilasan-ku.

8. Zarar keltiradi

Idishingni yuvib qo`ysang, shokolad beraman.

Foyda keltiradi

Esingdami, yaqinda idishlarni yuvib qo`yganding? O`shanda juda yordam berganding-da.

9. Zarar keltiradi

Men qaerdan bilay?

Foyda keltiradi

Hozircha bilmayman, lekin o`rganib senga aytaman.

10. Zarar keltiradi

Televizorni o`chir!

Foyda keltiradi

Kel, birga o`ynaymiz.

11. Zarar keltiradi

Qara, nima qilib qo`yding!

Foyda keltiradi

Bilaman, bunday qilmoqchi emasding. Keyingi safar ehtiyot bo`l.

12. Zarar keltiradi

Sinfdoshing uyiga o`z vaqtida keladi.

Foyda keltiradi

Iltimos, o`z vaqtida kelishga harakat qil, bu judayam muhim.

Boshqa yangiliklar