AsosiySUG'DIYONA
4967

​Fitnes haqida 10 afsona

'​Fitnes haqida 10 afsona'ning rasmi

Hozirgi kunda sog`lom turmush tarziga rioya qilishdan tashqari, fitnes haqida yolg`on tasavvurlar ham ko`payib bormoqda. Quyida eng mashhur afsonalarning haqiqatga qanchalik yaqinligiga aniqlik kiritamiz.

1. Afsona

Agar mashqlardan so`ng bo`g`imlar og`risa, demak, mashqlar samarali o`tgan.

Haqiqat

Og`riqlar mushak tolalaridagi mikro travmalardan darak.

2. Afsona

Cho`zilish mashqi bo`g`imlardagi og`riqni kamaytiradi.

Haqiqat

Cho`zilish mashqi bo`g`imlarni dam oldirish uchun kerak.

3. Afsona

Qancha uzoq mashq qilsangiz, natija shuncha yaxshi bo`ladi.

Haqiqat

Asosiysi, vaqt emas, mashqlarning to`g`ri bajarilishi.

4. Afsona

Mashg`ulotlarni iloji boricha ko`proq o`tkazish kerak.

Haqiqat

Mashg`ulotlar orasidagi tanaffus 2-3 kundan kam bo`lmasligi kerak.

5. Afsona

Kuch bilan qilinadigan mashqlar ayollar muskullarini chiqarib, qo`llarini qo`pol qilib qo`yadi.

Haqiqat

Kuch bilan qilinadigan mashqlar ayol qomatini tarang va go`zal qiladi.

6. Afsona

Mashq qilayapman-ku, demak istagan narsamni esam ham bo`laveradi.

Haqiqat

Kutilgan natijaga faqatgina to`g`ri ovqatlanishga rioya qilibgina erishsa bo`ladi.

7. Afsona

Neopron kiyimlarni mashq paytida kiyish yog`ni eritishga yordam beradi.

Haqiqat

Issiq ta`siri sog`liqqa zarar keltirishdan boshqa narsa emas.

8. Afsona

Dugonam va men uchun reja

Dugonamning mashq qilish rejasi mening ham ozishimga yordam beradi.

Haqiqat

Individual reja

Mashqlar rejasi hamma uchun alohida tuziladi.

9. Afsona

Natija taroziga qarab aniqlanadi.

Haqiqat

Natijani santimetrli tasmada o`lchash kerak.

10. Afsona

Tananing muammoli qismlari birinchi ozadi.

Haqiqat

Birinchi o`rinda biz kutmagan joylardagi yog`lar eriydi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar