AsosiySalomatlik
12228

​Farzandingiz sog`ligi uchun befarq bo`lmasangiz, buni o`qib chiqing!

'​Farzandingiz sog`ligi uchun befarq bo`lmasangiz, buni o`qib chiqing!'ning rasmi

Ko`pchilik ota-ona, buvilar bolalarning kunduzi uxlashiga yo`l qo`ymaydi. Mayli, uxlamasa uxlamasin, deyishadi. Bolalar bog`chasida esa majburlab uxlatishadi.

Pediatrlar va bolalar nevropatologlari 5-6 yashar bola kunduzi kamida 1,5-2 soat uxlashi shart, degan fikrni aytadilar. Bola qanchalik yosh bo`lsa, unda uyquga bo`lgan ehtiyoj shunchalik kuchli bo`ladi. Yangi tug`ilgan chaqaloq bir kunda 19 soat, 3-5 oylik 17 soat, olti oylik 15 soat, 9-12 oylik 13 soat, 2-3 yashar 12,5 soat, 4-5 yashar 11,5 soat, 6 yashar bola 10 soat uxlashi kerak.

Bu bolaning sog`lom o`sishi uchun tabiatning o`zi belgilab qo`ygan zaruriyatdir. Bola yorug` dunyoga kelgan zahoti kun bilan tunni ajrata olmaydi, u bir sutkada 4 martadan 11 martagacha uxlaydi. 1,5 yashar bo`lganda har 4,5 soatda 1,5-2 soat uxlatiladi. 3 yoshga to`lguncha 2,5-3 soat, 4-6 yoshgacha 1,5-2 soat uxlaydi. Faqat 7 yoshga borib, bola organizmi tungi uyquga moslashadi.

7 yashar bola kechasi yaxshi uxlamagan bo`lsa, maktabda toliqsa, shamollagan yoki holi qurigan bo`lsa, uni kunduzi uxlatish kerak. Shunda quvvati tezroq asli holiga keladi. Demak, bola kunduzi, albatta, orom olgani ma`qul. Chunki bola kunduzi uxlaganida organizmdagi eng muhim bo`lgan uyqu va tetiklik bioritmlarni tabiatning o`zi bir maromda ishlatadi. Bola kunduzi uxlamasa, bioritmlar uyg`un bo`lmay qoladi. Natijada bola jahldor bo`lib, tez toliqadi, asabiy-ruhiy va jismoniy rivojlanishi sekinlashadi, yaxshi o`smaydi, immuniteti pasayib ketadi, tez-tez shamollaydigan bo`lib qoladi. Axir bolalar infeksiyalari juda tez yuqadi.

Bola kunduzi miriqib uxlaganda yangi bilimlarni yaxshi o`zlashtiradi, ish sifati yaxshilanadi. Yoshligidan ko`p narsalarni bilib olishi va eslab qolishi kerak. Qolaversa, kunduzi uxlasa, kechasi ham to`yib dam oladi, ishonmaysizmi? Bolam kunduzi uxlasa, kechqurun vaqtli uxlamaydi, deb o`ylaysiz. Lekin adashasiz. Tegishli vaqtda dam olmagan bola kechga borib bezovtalanadi, xohlasa ham, uxlashga qiynaladi. Kunduzi taassurotlarga to`lib toshgan miya faoliyati kechasi ularni qayta ishlashga qiynaladi, binobarin, bola aloq-chaloq tushlar ko`rib chiqadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar