1

​Tvorogdan dasturxoningiz uchun 4 xil resept

SUG'DIYONA 17.04.2017, 11:55
Teglar: Taom
​Tvorogdan dasturxoningiz uchun 4 xil resept

1. Obakidandonlar

Zarur masalliqlar: 350 gr. tvorog, 50 gr. yong`oq, 150 gr. maydalangan pechene, shakar, shokolad, bir chimdim vanilin.

Tayyorlanishi:

Tvorogni blenderda mayinlashtirib oling. Shakar, vanilin, maydalangan pechene va yong`oqni solib yaxshilab aralashtiring. Tayyor qorishmadan kichkina sharchalar yasab olib, suv bug`ida eritilgan shokoladga botirib oling. 1 soat davomida muzlatgichda turganidan keyin dasturxonga tortsangiz bo`ladi.


2. Panna-kotta

Zarur masalliqlar: 400 gr. tvorog, 300 gr. smetana, 200 gr. sut, 15 gr. jelatin, qand upasi.

Tayyorlanishi:

Jelatinga qaynagan suv quyib, iving. Blender yordamida sut va tvorogni aralashtiring. Jelatinni tvorogga qo`shib, yana blenderda aralashtiring. Keyin qand upasini qo`shib, oxirgi marta blenderga murojaat qilasiz. Tayyor massani keks qoliplariga solib, muzlatgichga 25–40 daqiqaga qo`ying. Reza mevalar bilan bezab, dasturxonga torting.


3. Chuchvaralar

Zarur masalliqlar: 400 gr. quruq tvorog, 1 osh qoshiq shakar, 2 dona tuxum, 1 stakan un, bir chimdim tuz.

Tayyorlanishi:

Avvaldan qozonda suvni qaynatib qo`ying. Tvorog, tuxum, shakar va unning yarmini aralashtirib xamir tayyorlang. Stolga qolgan unni sepib, tvorogli xamirni eµtiyotkorlik bilan o`rtacha qalinlikdagi rulet shaklga keltiring. O`ramdan kichik-kichik bo`laklarni kesib oling-da, qaynayotgan suvga soling. 3–5 daqiqada tayyor bo`ladi. Smetana yoki murabbo bilan esangiz, mazasi og`zingizda qoladi.


4. Keks

Zarur masalliqlar: 200 gr. tvorog, 2 osh qoshiq smetana, 2 dona tuxum, 2 osh qoshiq sariyog`, 1 stakan un, 1 stakan shakar, 0,5 choy qoshiq iste`mol sodasi.

Tayyorlanishi:

Tvorog, tuxum, smetana va yumshatilgan sariyog`ni atalab oling. Boshqa idishda esa un, shakar va iste`mol sodasini aralashtirasiz. Suyuq va quyuq qorishmalarni birlashtiring. Keks qolipiga solib, 180 darajada qizdirilgan gaz pechida 35-45 daqiqa pishirib oling.


Sharhlar

​«Osiyo» salati — baqlajon va no`xatdan!

30.06.2017, 15:55

Zarur masalliqlar: 200 gr. qaynatilgan no`xat, 2 donadan baqlajon, pomidor va bulg`or qalampiri, 3 bo`lak sarimsoqpiyoz, 2 osh qoshiq soya sousi, o`simlik yog`i, limon sharbati,...
​«Yoz» pirogi — olma va tvorogning ajoyib uyg`unligi

24.06.2017, 11:23

Zarur masalliqlar: xamiriga: 270 gr. un, 180 gr. sariyog`, 80 gr. shakar, 1 dona tuxum, yarim choy qoshiq xamiryumshatgich, tuz; ichiga solishga: 750 gr. tvorog,...
​O`rikli chizkeyk — yoz yozdek o`tsin!

23.06.2017, 11:11

Zarur masalliqlar: 300 gr. tvorog, 200 gr. o`rik mevasi, 200 ml. smetana, 180 gr. shakar, 100 grammdan uvadalanuvchi pechene va sariyog`, 2 dona tuxum, pichoq...
​Jahongir Otajonov moskvaliklarga xorazmcha “shivit oshi” tayyorlab berdi(Foto)

22.06.2017, 13:44

O`zbek estradasida “jonli ijro qiroli” nomini olgan xonanda Jahongir Otajonov nafaqat yaxshi san`atkor, balki mohir oshpaz ekanligini ko`pchilik bilmasa kerak. Xonanda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga o`z...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1