Mahsulot nomi
Harid qilayotgan mahsulotingizning nomiga diqqat qiling. Agar yozuv xorijiy tilda bo`lsa va siz uning ma`nosini bilmasangiz yaxshisi tavakkal qilmang.
Tarkibi
Aytaylik kolbasa harid qilayapsiz. Sotuvchi bilan hisoblashishdan avval mahsulot tarkibiga ko`z yugurtiring. Bordiyu ro`yxatda notanish so`zlar yohud vitamin va kimyoviy elementlar nomini bildiruvchi xarflarni ko`rsangiz, bilib-bilmay sotib olavermang. Yana bir masala, masalan, kolbasa tarkibining necha foizini go`sht tashkil qilayapti, ahamiyat bering.
Saqlanish muddati
Har bir mahsulotning ishlab chiqarilgan sanasi hamda saqlanish muddati ko`rsatilgan bo`ladi. Agar harid qilayotgan eguligingiz bir-ikki hafta davomida foydalanish uchun mo`ljallangan bo`lsa, saqlanish muddati ham shunga javob berishi kerak. Saqlanish muddati bir haftadan so`ng tugaydiganlarini yaxshisi tanlamang.
Ko`rinishi
Mahsulotning ko`rinishi uning sifati va ishlab chiqaruvchining nomini anglatadi. Shisha bankadagi mahsulotlarni ko`z bilan ko`rish mumkin bo`lgani uchun ham tanlashimiz osonroq. Biroq qadoqlanganlari o`ylantirib qo`yadi. Bu vaziyatda qadoqlangan quti yoki idishni qo`l bilan paypaslab ko`rish mumkin.
Ma`lumotlar
Mahsulot yorlig`idagi ma`lumotlarga ahamiyat bering. Odatda har bir maxsulotda ishlab chiqaruvchining manzili, bog`lanish uchun aloqa raqamlari beriladi. Agar bunday qaydlar bo`lmasa, mahsulot ishonchli ekanligiga shubha bor.
Qaytarish mumkinmi?
Aslida, agar harid qilingan mahsulot foydalanish uchun yaroqsiz chiqsa, sotib olingan do`konga qaytarib berish va o`rniga boshqasini olish mumkin. Faqat buning uchun qo`lingizda haridni bildiruvchi ma`lumot cheki bo`lishi kerak. Ammo bu kabi vaziyatga tushib qolmaslik uchun sotib olinayotgan narsa-buyum yohud oziq-ovqat mahsuloti bilan tanishib, so`ng hamyoningizni ishga solishingiz mumkin.






