1

Yulduz Usmonovaning konsertiga Prezident Shavkat Mirziyoevning oilasi tashrif buyurdi

Shou-biznes 21.04.2017, 12:24
Teglar: Oila, Konsert, Yulduz Usmonova, Shavkat Mirziyoev, Prezident
Yulduz Usmonovaning konsertiga Prezident Shavkat Mirziyoevning oilasi tashrif buyurdi

O`zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning 9-23 aprel kunlari “Istiqlol” san`at saroyida bo`lib o`tayotgan “Ey aziz inson” deb nomlangan konsert dasturi anshlag tarzida o`tmoqda.

20 aprel kuni bo`lib o`tgan konsertga O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning oilasi tashrif buyurdi va Yulduz Usmonovaga ulkan guldasta taqdim etdi.

Yulduz Usmonovaning ushbu guldasta yonida tushgan suratlari uning “Instagram”dagi rasmiy sahifasidan ham joy oldi va quyidagicha izohlandi:

“Prezident oilasining gullar savati. Yulduz Usmonovaga qimmatli sovg`a”.

Ma`lumotlarga ko`ra, konsertga Prezidentning rafiqasi, qizlari, kuyovlari va nabiralari tashrif buyurgan.

Sharhlar

O`zbekiston Qurolli kuchlarini qurollantirish bo`yicha davlat komissiyasi tashkil etildi

03.02.2023, 11:00

O`zbekiston Prezidenti “O`zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarini qurollantirish va mudofaa sanoati sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish bo`yicha chora-tadbirlar to`g`risida”gi farmonni imzoladi.Hujjat bilan O`zbekiston Qurolli kuchlarini qurollantirish bo`yicha...
⚡️Shavkat Mirziyoev Andijonga jo`nab ketdi

01.02.2023, 09:59

Prezident Shavkat Mirziyoev hududlar iqtisodiyoti, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida Andijon viloyatiga jo`nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.Ma`lum qilinishicha, tashrif davomida...
Gurbanguli Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoevga turkman xalqi alohida qadrlaydigan alabay zotli kuchuk sovg`a qildi

21.10.2022, 13:45

Turkmanistonga rasmiy tashrif doirasida O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev ushbu mamlakat Parlamentining yuqori palatasi raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi, deya xabar bermoqda Prexident matbuot xizmati. Davlatimiz rahbari...
"Afg`onistondagi vaziyatni hal etish va u erda tinch hayotni tiklash muhim". Shavkat Mirziyoev Ostonadagi sammitda nutq so`zladi

13.10.2022, 11:20

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Ostona shahrida bo`lib o`tayotgan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo`yicha kengash VI sammitida nutq so`zladi. O`zbekiston rahbari Afg`onistondagi vaziyatni hal etish va...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1