AsosiySUG'DIYONA

Tanangizdagi o`zgarishlarga e`tibor bering, aziz ayollar!

'Tanangizdagi o`zgarishlarga e`tibor bering, aziz ayollar!'ning rasmi

Agar buning iloji bo`lganda edi, hayotga tamoman boshqacha nazar bilan qarayotgan bo`lardingiz. Tanangizdagi o`zgarishlarga e`tibor bering, shu bahona ruhiyatingizni ham tushunib olishingiz mumkin.

1. Bosh.

Boshi og`rayotgan inson hayotda qiyin vaziyatga tushib qolgan va o`zi istamayotgan ishni qilayotgan bo`ladi. Shuningdek, o`zini xo`rlangandek his qiladigan va o`ziga past baho beradigan kishilarni ham bosh og`riqlari tez-tez bezovta qiladi.

2. Sochlar.

Doimiy stressda yuradigan insonlarning sochi boshqalarga qaraganda tez to`kiladi, so`nggi vaqtlarda ayollarda ham tepakallik avj olayotgani sir emas. Buning sababi esa jismoniy va ruhiy charchoqdir.

3. Quloqlar.

Quloq bilan bog`liq kasalliklar ko`pincha bolalarda kuzatiladi. Chunki ular uyda bo`ladigan janjalu baqir-chaqirlarni eshitgilari kelmaydi va natijada quloqning eshitish qobilyati sustlashadi. Bola bu yo`l bilan atrof muhitda bo`layotgan hodisalardan o`zini qutqaradi.

4. Ko`zlar.

Ko`zlar ham xuddi quloq kabidir. Agar inson o`zi yoki atrofdagilardagi kamchiliklarni ko`rishni istamasa, u ko`rish qobiliyatini yo`qotib boradi. Ko`zoynak taqib olgan jajji qizaloq buning yaqqol namunasidir.

5. Elka.

Moddiy tarafdan muammolari bor insonlar ko`pincha elkadagi bezovtalikdan aziyat chekadilar. Shuningdek, ularni bel churrasi ham qiynoqqa soladi.

6. Oshqozon.

Oshqozoningiz bilan muammongiz bo`lsa, o`ylab ko`ring hayotda nimaga ko`nika olmayapsiz. Ana shunga diqqat qiling, hayotga oddiyroq qarang. Meditasiya bilan shug`ullaning, shunda oshqozon yarasidan xalos bo`lasiz, xazm qilish yaxshilanadi.

7. Jinsiy organlar.

Aybdorlik va o`zini boridek qabul qila olmaslik jinsiy a`zolar kasalligiga olib keladi. Aziz ayollar yodda tuting, aybdorlik hissi, o`z tanasidan uyalish reproduktiv tizimga juda salbiy ta`sir ko`rsatadi. Bepushtlikning sababi ham aynan shudir.

Boshqa yangiliklar