1

​Saratonga etaklovchi muolajalar!

SUG'DIYONA 21.04.2017, 13:58
Teglar: Ayol
​Saratonga etaklovchi muolajalar!

Allergiya, shish, dog`lar... Kosmetik vositalar va muolajalarning nojo`ya ta`sirlari haqida ko`p va xo`p gaplashganmiz. Lekin ularning saratonga sabab bo`lishini hammamiz ham bilmaymiz. U er-bu erda qulog`imizga chalingan bo`lsa-da, «Shuncha odam foydalanayapti, hech narsa bo`lmayapti-ku» deya o`zimizni ovutamiz. To`g`ri, saraton xavfi mavjud degani, xastalikning yuzaga kelishi kafolatlanadi degani emas. Ammo «o`zingga ehtiyot bo`l, qo`shningni o`g`ri tutma» degan gaplar bejizga aytilmagan. Quyidagi ma`lumotlarimiz esa ham go`zal, ham sog`lom yashashni istaydigani ayollarga bag`ishlanadi.

Mutaxassis — dermatolog Nodira AKROMOVA.


Ehtiyot bo`ling, shellak!

Doim band, tirnoq parvarishi uchun ortiqcha vaqt ajrata olmaydigan ishbilarmon xonimlarning oltinga teng yordamchisiga aylangan shellak manikyuri teri, ayniqsa tirnoq artofidagi terida saraton yuzaga kelishini rag`batlatirishi aniqlandi. Chunki amaliyot davomida qo`llaniladigan ultrabinafsha nur taratuvchi lampalar teriga ziyon etkazadi. Bu nur teri saratoniga sabab bo`lishi olimlar tomonidan alllaqachon aniqlangan. Shuningdek, solyariyda toblanish ham xuddi shunday oqibatga olib kelishi mumkin. Qolaversa, ultrabinafsha nurlar ta`sirida bir qarashda beziyon ko`ringan oddiy xol ham xavfli o`simtaga aylanishi ehtimoli ortadi.

Lazerli epilyasiya

Avvaliga, lazer nurlarining turli ko`rinishlari mavjud ekanini eslatib o`tamiz. Biri teriga chuqur kirsa, boshqasi yuzakiroq ta`sir o`tkazadi. Shunga ko`ra, ta`siri ham turlicha. Biroq har qanday holatda ham teri nurlanishga uchraydi. Amaliyotni qayta va qayta takrorlash esa saratonni yuzaga keltiradi. Ayniqsa saratonga gumon qilingan kishilarga bunday nurlardan ehtiyot bo`lish qat`iy tavsiya etiladi.


Sochni laminasiyalash

Moda bilan hamnafas yashashni istaydigan xonimlar orasida tobora ommalashib borayotgan sochni brazilcha usulda keratinli laminasiyalash ham saratonni keltirib chiqarish xavfi yuqori amaliyotlardan ekanligini eslatib o`tamiz. Laminasiyani amalga oshirish uchun mo`ljallangan maxsus loson va niqoblar tarkibida formaldegid moddasi mavjud bo`lib, kuzatuvchilarning ta`kidlashlariga qaraganda aynan shu modda xastalik xavfini yuzaga keltiradi.

Antiperspirant va ko`krak saratoni: bog`liqlik bormi?

Ko`krak saratoni xastaligini o`rganayotgan bir guruh olimlar saraton yuzaga kelgan terida parabenlar miqdori nihoyatda yuqori ekanligini aniqlashgan. Bu modda neftni qayta ishlash natijasida paydo bo`lgan konservantlardan hisoblanib, asosan mahsulot uzoq saqlanishi uchun kosmetik vositalar tarkibiga qo`shiladi. Ayniqsa, antiperspirant va dezodarantlar tarkibidagi parabenlar ko`krakka yaqin joyda foydalanilgani uchun ushbu a`zoda saratonni yuzaga keltiradi, degan faraz ilgari surilmoqda. Biroq shu kungacha bu ma`lumot tasdiqlangani ham, inkor etilgani ham yo`q. Har ehtimolga qarshi, ogoh bo`lish ziyon qilmaydi.

MAFTUNA tayyorladi.

Sharhlar

Ayolni qotillikka boshlagan rashk: Yangiyo`llik juvon boshqa ayolga uylanmoqchi bo`lgan shar`iy nikohidagi erini o`ldirib qo`ydi...

23.08.2021, 16:08

Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...
Ayolning joni qirqta, ammo qismati bittami? Yoxud zo`ravonlik va tazyiq qurbonlari… (video)

01.06.2021, 18:32

So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlarning tahqirlanishi, ayovsiz kaltaklanish holatlari aks etgan xabar va voqealar haqidagi chiqishlar keskin ortib ketdi. Ammo bu kabi vaziyatlar kechagina sodir...
Farg`onada 32 yashar ayol tomorqasida ko`knori etishtirayotgani aniqlandi

13.05.2021, 22:34

Farg`ona viloyati Marg`ilon shahrida 32 yashar ayol uyining tomorqasida ko`knori o`simligi etishtirayotgani aniqlandi, deya xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.Qayd etilishicha, 2021 yilning 5 may kuni...
Navoiylik ayolning uyiga kelgan mehmonlardan biri boshqasini pichoqladi

13.12.2019, 10:00

Joriy yilning 5 dekabr kuni soat 13:00larda Navoiy shahrida yashovchi, 1974 yilda tug`ilgan L.A. ismli ayolning uyiga tanishlari mehmonga keladi.Ulardan biri 1972 yilda tug`ilgan D.K....
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1