AsosiySUG'DIYONA

​Nondan voz kechish uchun 5 xil mazali taklif!

'​Nondan voz kechish uchun 5 xil mazali taklif!'ning rasmi

Yoz kelmoqda, ammo ortiqcha kilogrammlar hech tark etgisi kelmayaptimi? Parhez tutayapsiz-u, kutilgan natija yo`qmi? Unda chinakamiga samarali usullarni qo`llash vaqti keldi. Chiroyli qomat siri oddiy: nondan voz kechish! Qiyinmi? Osondan ham oson! Quyida so`zimizning isboti bilan bo`lishamiz.

1. Salat bargi va losos


Bu mazali taom tanani Omega-3 yog` kislotalari bilan to`yintirib, uzoq vaqtga ochlik hissidan himoya qiladi.

2. Bulg`or qalampiridan sendvich


Ushbu sendvichda bulochaka o`rnini bulg`or qalampiri egallaydi. Sendvich ham mazali, ham to`yimli bo`lishi uchun fantaziyangizni ishga soling. Masalan pishloq, ismaloq va qovurilgan baqlajon bo`lagidan tayyorlab ko`ring.

3. Baqlajon, pomidor va qo`ziqorin


Bu sendvichning asl ta`mini totib ko`rishni istasangiz, baqlajonni gril yoki gaz pechida pishirib oling. So`ng pomidor, qo`ziqorin va salat bargidan ustma-ust qilib pishirilgan baqlajonlar orasiga qo`yib eng. Istasangiz, sarimsoq piyozni maydalab solishingiz mumkin.

4. Bodringli buterbrod


Bu noodatiy taom nafaqat ochlikdan, balki chanqoqdan ham xalos etadi. Bodringni o`rtasidan teng ikki bo`lakka bo`lib, urug`ini olib eng yoki yuzga niqob qiling. Tayyor qayiqchalar ichiga qaynatilgan kurka yoki tovuq go`shti, pomidor va boshqa istalgan sabzavot va go`shtlarni soling-da, yoqimli ta`mdan rohatlaning.

5. Pomidorli gamburger


Kotlet yoki boshqa go`sht mahsulotlarini pomidor kattaligida tayyorlab oling. Pomidorni ikki qismga ajratib, o`rtasiga kotlet va pishloqni qo`yib gamburger tayyorlang. Gamburgerni tish kavlagich bilan mustahkamlash esingizdan chiqmasin.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar