1

​Yangicha do`lma — gaz pechida pishiramiz!

SUG'DIYONA 21.04.2017, 14:38
Teglar: Taom
​Yangicha do`lma — gaz pechida pishiramiz!

Zarur masalliqlar: 1 bosh karam, 500 ml. suv, 300 gr. mol go`shti qiymasi, 200 ml. smetana, 150 gr. guruch, 1 bosh piyoz, 1 dona sabzi, 5 osh qoshiq o`simlik yog`i, 1 osh qoshiq tomat, qizil va qora murch, tuz, ko`katlar.

Tayyorlanishi: 1. Piyozni maydalab to`g`rab, yarmini qiymaga qo`shing. Guruchni ham solib, tuz, murch seping.

2. Qizdirilgan o`simlik yog`ida piyoz va mayda tishli qirg`ichdan o`tkazilgan sabzini 3 daqiqa qovuring. Keyin tomatni solib, yana 5 daqiqa past olovda dimlang.

3. Qaylaga suv va smetana qo`shib, bir marta qaynagach, olovdan oling.

4. Karam barglarini ajratib, har birining ichiga qiymadan solib, o`rang. Toblama qolipiga karamli do`lmalarni bir qator qilib tering. Ustidan sabzili qaylani quying. 180 darajada qizdirilgan gaz pechida 40 daqiqada pishadi. Pishgach yuziga ko`katlardan sepasiz.

1 soatu 20 daqiqa

5 kishilik

Sharhlar

​«Osiyo» salati — baqlajon va no`xatdan!

30.06.2017, 15:55

Zarur masalliqlar: 200 gr. qaynatilgan no`xat, 2 donadan baqlajon, pomidor va bulg`or qalampiri, 3 bo`lak sarimsoqpiyoz, 2 osh qoshiq soya sousi, o`simlik yog`i, limon sharbati,...
​«Yoz» pirogi — olma va tvorogning ajoyib uyg`unligi

24.06.2017, 11:23

Zarur masalliqlar: xamiriga: 270 gr. un, 180 gr. sariyog`, 80 gr. shakar, 1 dona tuxum, yarim choy qoshiq xamiryumshatgich, tuz; ichiga solishga: 750 gr. tvorog,...
​O`rikli chizkeyk — yoz yozdek o`tsin!

23.06.2017, 11:11

Zarur masalliqlar: 300 gr. tvorog, 200 gr. o`rik mevasi, 200 ml. smetana, 180 gr. shakar, 100 grammdan uvadalanuvchi pechene va sariyog`, 2 dona tuxum, pichoq...
​Jahongir Otajonov moskvaliklarga xorazmcha “shivit oshi” tayyorlab berdi(Foto)

22.06.2017, 13:44

O`zbek estradasida “jonli ijro qiroli” nomini olgan xonanda Jahongir Otajonov nafaqat yaxshi san`atkor, balki mohir oshpaz ekanligini ko`pchilik bilmasa kerak. Xonanda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga o`z...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1