AsosiySUG'DIYONA

​Yolg`onchiga yor bo`lganlar uchun

'​Yolg`onchiga yor bo`lganlar uchun'ning rasmi

Olimlarning aniqlashicha, erkaklarning 67 foizida yolg`on gapirish patologik kasallikka aylanib ulgurgan ekan. Ular buni istashmaydi, shunchaki, yolg`onlar o`z-o`zidan chiqib kelaveradi.

Sotqin alomatlar

Yigitlarning ayrim qiliqlari ularning yolg`on gapirayotganini fosh qilib turadi. Mana, masalan:

  • Nutq paytida qo`llar bilan og`izni to`sish (miya g`ayrishuuriy tarzda yolg`on so`zlarning og`izdan chiqishiga to`sqinlik qiladi);
  • Biror gapiga shubha qilib, qayta so`rayotganingizda burniga tegiladi (asablar yolg`onni o`xshatishga urinib zo`riqqanda burun to`qimalariga qon quyuladi va u shartsiz refleks tariqasida burniga tegiladi);
  • Ko`zini ishqalaydi (aldayotgan odamining ko`ziga tik qaramasliuk uchun);
  • Bo`ynini qashiydi, yoqasi tugmalarini bo`shatadi (yolg`on yuz va bo`yindagi nozik to`qimalarni qitiqlaydi, terlatadi).
  • Aksariyat hollarda kuchli jins vakillarini yolg`on gapirishga majbur qiladigan omil o`zimiz hisoblanamiz. Shunday ekan, uning har bir so`zidan yolg`on izlagancha, «sevganim yolg`onchi» deb diydiyo qilgancha, uning ishonchiga kirishga urinib ko`rish kerakdir balki?

    Boshqa yangiliklar