Londonda polisiya tomonidan o`tkazilgan antiterrorchilik operasiyasida to`rt kishi qo`lga olindi, bir gumonlanuvchi kasalxonaga yotqizildi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.
Operasiya payshanba kuni kechqurun bo`lib o`tdi. Polisiyachilar Britaniya poytaxtining Brent tumanidagi uylardan birini o`rab oldi. Polisiyachilar bergan ma`lumotga ko`ra, mazkur uyda terrorchilik tashkiloti a`zolari yashiringan. Huquq-tartibot idorasi xodimlarining hujumi oqibatida gumonlanuvchilardan biri yaralangan, to`rt nafari qo`lga olindi. Ular terakt uyushtirishda gumonlanmoqda.