Madridning “Real” jamoasi EChL yarim final dastlabki o`yinida hamshahari “Atletiko” bilan o`zaro bahs olib bordi.
Qiziqarli kechgan o`yinda Krishtianu Ronalduning xet-trigi “Qirollik klubi”ga g`alaba keltirdi va “Real” javob o`yini oldidan yaxshi imkoniyatga ega bo`ldi.
32 yoshli portugaliyalik futbolchi uchta gol kiritib, “Real” uchun jami kiritgan gollari sonini 400 taga etkazib oldi.