AsosiyDunyo
4606

​Boshqirdistonlik erkak do`sti cho`kkan joyda daryoga cho`kib ketdi

'​Boshqirdistonlik erkak do`sti cho`kkan joyda daryoga cho`kib ketdi'ning rasmi

Boshqirdistonning Sterlitamak shahrida yashovchi erkak daryoga cho`kib o`lgan do`stini xotirlash uchun daryo bo`yiga kelib, o`zi ham suvga cho`kib ketdi, deb xabar berdi Lenta.ru nashri.

Yakshanba kuni to`rt erkak — 2016 yilning avgust oyida suvga cho`kib o`lgan do`stlarini xotirlash uchun daryo bo`yiga yig`ilishdi. Ulardan biri kun isib ketganligi uchun cho`milishga qaror qildi. Erkak qirg`oqdan 10 metrcha uzoqlashgach, cho`ka boshladi. Uni qutqarishning iloji bo`lmadi.

Aprel oyida Novosibirsk viloyatining Berdsk shahrida otasining qabrini ziyorat qilish uchun onasi bilan kelgan 45 yoshli erkak qabristonda olamdan o`tgan edi. Voqea joyiga etib kelgan tibbiyot xodimlari uning hayotini saqlab qololmagandi. Taxminlarga ko`ra, erkak yurak qon-tomir kasalligidan aziyat chekkan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar