AsosiyJamiyat
4036

​Namanganda 3 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchisiga yangi xonadon kaliti topshirildi

'​Namanganda 3 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchisiga yangi xonadon kaliti topshirildi'ning rasmi

Namangan viloyatida fashizm ustidan qozonilgan g`alabaning 72 yilligi hamda 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan 3 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchisiga zamonaviy ko`p qavatli uylardan xonadonlar tuhfa etildi, deb yozadi O`zA.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning joriy yil 4 apreldagi “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag`batlantirish to`g`risida”gi farmoni hamda “Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qaroriga muvofiq, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, mehnat fronti faxriylari moddiy va ma`naviy qo`llab-quvvatlanib, sovg`a-salomlar topshirilmoqda.

Viloyatda 80 dan ziyod urush faxriysi hayot kechirmoqda.

“Nuroniy” jamg`armasi viloyat bo`limi, viloyat hokimligi va boshqa bir qator davlat va jamoat tashkilotlari hamkorligida ularning xonadonlariga borib, alohida hurmat-ehtirom ko`rsatilmoqda, moddiy-ma`naviy ko`mak berilmoqda.

Shunday tadbirlar doirasida 3 nafar urush faxriysi – Namangan shahridan Nizomxon ota Sattorov, Tursunboy ota Tojimirzaev, Uychi tumanidan Jakbarali ota Yusupovga ko`p qavatli zamonaviy uylardan yangi xonadonlar kaliti topshirildi. Barcha qulayliklar yaratilgan, qattiq va yumshoq mebellar, televizor, muzlatgich va boshqa maishiy texnika vositalari bilan jihozlangan xonadonlar nuroniylarning rohat-farog`atda yashashiga xizmat qiladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar