AsosiyJamiyat
5639

​O`zbekistonda 16 yoshgacha bo`lgan bolalarni emlash qamrovi 99,7% tashkil qildi

'​O`zbekistonda 16 yoshgacha bo`lgan bolalarni emlash qamrovi 99,7% tashkil qildi'ning rasmi

O`zbekistonda o`tkazilayotgan Butunjahon immunizasiya haftaligi doirasida aholi orasida immunizasiyaning foydasi haqida bilimlari oshirilmoqda.

Bunda Sog`liqni saqlash vazirligi YuNISEF bilan birga Fasebook ijtimoiy tarmog`ining imkoniyatlaridan keng foydalanmoqda, deb yozadi UT nashri.

Statistikak ma`lumotlariga ko`ra, O`zbekistonda immunizasiya tufayli poliomielit, qizamiq, bo`g`ma va ko`kshol kabi o`tkir kasalliklar butunlay bartaraf etildi. O`zbekistonda 1996 yildan beri virusning yovvoyi shtammi chaqirgan poliomielitning hech qanday turi ro`yhatga olinmadi. 2002 yilda O`zbekiston Butunjahon sog`liqni saqlash tashkilotining poliomielitdan ozod mamlakat degan sertifikatini oldi.

Sog`liqni saqlash vazirligining immunizasiya kengaytirilgan dasturining milliy menejeri Dilorom Tursunovaning ma`lum qilishicha, 2016 yilda 16 yoshgacha bo`lgan bolalarni emlash bilan qamrab olish 99,7% tashkil qildi.

O`zbekistonda bolalar rejali va majburiy emlash doirasida 12 ta yuqumli kasalliklarga qarshi emlanadilar: sil, poliomielit, bo`g`ma, virusli gepatit, ko`ko`ytal, qoqshol, qizamiq, qizilcha, epidemik tepki, rotavirus va pnevmokokk infeksiyalari.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar