1

​Qulupnayli parhez! 4 kunda 3 kg. ozamiz!

SUG'DIYONA 10.05.2017, 12:23
Teglar: Ozish, Parhez
​Qulupnayli parhez! 4 kunda 3 kg. ozamiz!

Qulupnayli parhezda har kuni 4 stakan qulupnay iste`mol qilish talab etiladi. Qulupnay shirin bo`lishiga qaramay, uning tarkibida shakar (uglevod) boshqa reza mevalarga qaraganda minimal darajada mavjud.

Parhez vaqtida shirinlik, qandalot mahsulotlari, non mumkin emas.

1. Perhezning birinchi kuni uchun taomnoma

Nonushta: 1 stakan qulupnay, yashil olma, 1 stakan yog`siz kefir, bir osh qoshiq asal — hammasini mayda to`g`rab, salat tayyorlang.

Tushlik: 1 stakan qulupnay. 2 ta bodring, 50 gram qaynatilgan tovuq, yarimta limon sharbati, bitta yong`oq, ko`katlar va bir choy qoshiq o`simlik yog`i bilan salat tayyorlab eng.

Tolmachoy: bir stakan qulupnay.

Kechki ovqat: 1 stakan qulupnay, 100 gr. qaynatilgan kartoshka, o`rtacha piyoz, 50 gr. yog`siz tvorog, yarim stakan kefir va yarimta limon sharbatidan salat.

2-kun

Nonushta: 1 stakan qulupnay va 1 stakan kefir.

Tushlik: qulupnay qo`shilgan 3 ta quymoq (shakar qo`shmang)

Kechki ovqat: 100 gr. karam va bir stakan qulupnaydan salat.

3-kun

Nonushta: 1 stakan qulupnay.

Tushlik: 1 stakan qulupnay, yarimta banan va 100 gr. qaynatilgan tovuq go`shti

Kechki ovqat: 70 grammdan qaynatilgan kartoshka, sabzi va karamdan salat. 1 stakan qulupnay.

4-kun

Nonushta: 1 stakan qulupnay va 50 gr. pishloq.

Tushlik: 1 stakan qulupnay, 100 gr. dimlangan baliq go`shti, salat bargi, o`rtacha piyoz va 1 choy qoshiq o`simlik yog`idan salat, 1 stakan qulupnay

Kechki ovqat: 100 grammdan karam va qulupnaydan salat.

Yodda tuting!!! Surunkali kasalliklari bor insonlar ushbu parhezni parhezshunoslar bilan maslahatlashgan holda qilishlari shart. Qulupnayli parhezni dam olish kunlari yoki ta`tilda tutish tavsiya etiladi, chunki ko`p energiya yo`qotasiz. Parhezni 2 oy o`tibgina qaytarish mumkin.

Sharhlar

​Qorindagi ortiqcha yog`lardan sportsiz xalos bo`lish mumkinmi?

11.07.2017, 16:33

Qorin sohasidagi ortiqcha yog`lardan aziyat chekuvchi ayol borki barchasi biladi: hipchabel bo`lish uchun kam eb, ko`p harakat qilish kerak! Ammo bu qoidaga amal qilish unchalik...
​Semirib ketayapman, deysizmi?! Mana buning 6 sababi!

16.05.2017, 11:48

Jismoniy mashqlaru turli hil parhezlarni kanda qilmasangiz-da, tana vazningizni tartibga keltirolmaysiz. Hech o`ylab ko`rganmisiz, buning sababi nima? Quyida keltirilgan sabablar yordamida savolingizga javob topasiz. 1....
​Yoshga qarab parhez tutish foyda keltiradimi?

12.05.2017, 14:45

— To`lishibsizmi? – Dugonalaringizning ko`cha ko`yda, to`y-hashamda beradigan bu savolidan qanchalar yuragingiz bezillab turishini bilamiz! – Nahotki? Menga sezilmadi, yosh o`tgandan keyin shunday bo`lishi kerak-da,...
​Olimlar ozishning yangicha 4 usuli haqida...

04.05.2017, 15:52

1. Garvard universiteti olimlari shirinlik iste`mol qilish oqibatida kelib chiqqan ortiqcha tana vaznga ega ayollar o`rtasida antiqa tajriba o`tkazishdi. Ishtirokchilarning har biriga ikki qismga ajratilgan...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1