1

​«Dori tabletkasini bo`lib ichish mumkinmasmi?»

SUG'DIYONA 12.05.2017, 14:28
Teglar: Salomatlik
​«Dori tabletkasini bo`lib ichish mumkinmasmi?»

– Og`riqsizlantiruvchi preparalarni ikki-uch qismga bo`lib qabul qilaman, chunki butunligicha icholmayman-da. Yaqinda bir tanishim aytib qoldi, bu tariqa dori vositasining ta`siri yo`qolar ekan, chindan shundaymi?

Komila Shoislomova, Sirdaryo viloyati

Savollarga shifokor-terapevt Nodira HAMROEVA javob beradi:

– Og`riqsizlantiruvchi dori vositalari turli ko`rinish (kapsula, draje, tabletka)larda ishlab chiqarilib, har biri o`ziga xos ta`sir kuchiga ega. Kapsulani ikkiga ajratib bo`lmaydi, ichidagi kukunini alohida qabul qilish ham mumkin emas. Ustki qoplami oshqozonni ta`sirlantirmaslik uchun atay ishlab chiqarilgan. Tabletka yuzasida bir chiziq bo`lsa, uni ikkiga bo`lish mumkin, aksi bo`lsa shundayligicha qabul qilgan ma`qul. Og`riqsizlantiruvchi preparatlarni och qoringa ichish nojo`ya oqibatlarni keltirib chiqarishini unutmang.

Sharhlar

Buyrak xastaliklari kimlarda ko`proq uchraydi? Shifokor javob berdi

06.08.2021, 17:47

CCV Matbuot xizmati buyrak etishmovchiligi qanday xastalik ekani va uni bartaraf etishda mamlakatimiz tibbiyoti nimalarga qodirligi haqida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bo`lim rahbari,...
YuTINGANDA QULOQ OG`RIG`I?!

26.12.2017, 13:12

— Uch yashar o`g`lim ovqat chaynab yutayotganida qulog`ini ushlab, og`riyotganini aytdi. Shifokorga ko`rsatsam, otit deb tashxis qo`ydi. Bu qanday kasallik? Uni uyda davolasa bo`ladimi? Nazira...
DIATEZ QAYTALAMASIN DESANGIZ…

26.12.2017, 13:08

— Emizikli chaqalog`im ekssudativ diatez kasalligi bilan og`rigandi. Hozir sog`aygan bo`lsa-da, ayrim taomlarni iste`mol qilganimda uning badanida qizg`ish dog`lar paydo bo`ladi. Go`dakda diatez qaytalamasligi uchun...
FARZANDINGIZNI MAKTAB KASALLIKLARIDA ASRANG!

26.12.2017, 11:36

Uzoqni ko`ra olmaslik;skolioz (umurtqa pog`onasining qiyshayishi);gastrit;ruhiy-asab tizimi buzilishlari kabilarni maktab kasalliklari sirasiga kiritish mumkin. Statistikaga ko`ra, har besh bolaning biri umurtqa pog`onasi muammolaridan qiynalsa, har...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1