AsosiySUG'DIYONA

​Sovutgichga qo`yish mumkin bo`lmagan 10 mahsulot

'​Sovutgichga qo`yish mumkin bo`lmagan 10 mahsulot'ning rasmi

1. Piyozga sovuq kor qilmasa-da, muzlatgichdagi namlik zarar etkazishi turgan gap. Namlik tufayli piyozning mazasi yo`qoladi, chiriy boshlaydi.

2. Kartoshka muzlatkichda suvlanib, ta`mini yo`qotadi. Uni qog`oz xaltaga yoki yashikka solib, qorong`i va quruq joyda saqlang.

3. Pomidor uchun ham muzlatgich ijobiy ta`sir ko`rsatmasligi aniq. Qish kunlari uy haroratida, to`g`ridan-to`g`ri quyosh nurlari tushmaydigan joyda saqlagan ma`qul.

4. Kofe namlikni va har qanday hidlarni o`ziga tortib olish xususiyatiga ega. Uni jips yopiladigan shisha idishda, shkafda saqlashni maslahat beramiz.

5. Sarimsoqpiyoz muzlatkichda tez buziladi. Uy haroratida esa 2 oygacha bemalol turadi.

6. Souslarni ham muzlatkichga joylashdan avval yorlig`ini diqqat bilan o`qing. Ularning hammasini ham muzlatgichga qo`yish mumkin emas.

7. Tarvuzni faqat kesilgandan keyingina muzlatkichga qo`yiladi.

8. Asalni zinhor muzlatgichga qo`ymang, aks holda u kristallashib, o`zining foydali xususiyatlarini yo`qotadi.

9. Shuningdek, xali ochilmagan konservalangan mahsulotlarni ham muzlatgichga qo`ymang.

10. Bananning po`stlog`i muzlatgichda qorayib qoladi. Ichidagi mevasiga ta`sir ko`rsatmasa-da, bunday mevani dasturxonga tortish noqulay, bolalar ham qop-qora po`stloqni ko`rib, uni eyishdan bosh tortishlari turgan gap.

    Boshqa yangiliklar