1

​Nima qilsam, oyoqlarim salgina to`lishadi?

SUG'DIYONA 19.05.2017, 12:06
Teglar: Ayol, Go`zallik
​Nima qilsam, oyoqlarim salgina to`lishadi?

– Yoshim 33 da. Oyoqlarim juda oriq bo`lgani bois o`zimdan uyalaman. Kiygan libosim ham yarashmaydi. Nima qilsam, oyoqlarim salgina to`lishadi?

Komila, Toshkent shahri

«Ozg`in oyoqlar!» kim uchundir orzu, kimgadir esa muammo! Eh, ayollar, nuqul o`zimizda yo`q narsani axtaraveramiz.

Avval sabablarini biling

Tana a`zolaridagi o`zgarishlar o`z-o`zidan sodir bo`lmaydi. Qorin mushaklarining bo`shashishi, bo`ksaning kattalashishi va oyoqlar oriqligi... Albatta, barchasining o`z izohi bor. Oyoq ko`rinishining ozg`inligi dastlab naslga bog`liq bo`lishi mumkin. Keyingi o`rinda umurtqa pog`onasi kasalliklari, xususan, skolioz turadi. Oshqozon-ichaklardagi o`zgarishlarning ham oyoq mushaklariga ta`siri aytiladi. Demak, zarur choralarni boshlashdan avval shifokorga ko`rinib qo`ying.

Nima iste`mol qilayapsiz?

Yurgan yo`lingizda taomlanayapsizmi? Bu bilan oyoqlarga yordam berolmaysiz. Qaytanga butun tanangiz semirgani qoladi. Qolaversa, bir muammodan qutilaman deb, ikkinchisini orttirib olasiz. Oz-ozdan kaloriyaga boy mahsulotlarni iste`mol qiling. Ko`proq suyuqlik iching. Taomnomadan dudlangan, tuzlangan, xamirli, achchiq va sho`r – bir so`z bilan aytganda, og`ir hazm bo`ladigan eguliklarni chiqarib tashlang. Ko`proq sut-qatiq, ko`katlar, meva va sabzavotlar, meva qoqilaridan tayyorlangan sharbatlardan iste`mol qiling. Bu turdagi parhez organizmdagi almashinuv jarayonini yaxshilab, ichaklar faoliyatini me`yorga keltiradi. Qabziyat yuzaga kelmasligi ham muhimdir.

Navbat mashqlarga!

Taomnomani tushundingiz, gal jismoniy mashqlarga. Faqat mana shu yo`l bilan oyoq mushaklarini chiniqtirish va kerakli ko`rinishga keltirish mumkin.

1. Tik turgan holatda ikki oyoq orasiga o`rtacha kattalikdagi koptokni joylashtiring. So`ng oyoq mushaklari yordamida koptokni siqib-bo`shating. Mashq 8-10 marta takrorlanadi.

2. Stulga qulay joylashing. Qo`llarni suyanchiq ortiga oling-da, birlashtiring. Endi oyoq tizzasini birgalikda tepaga ko`tarib – tushiring. Davomiyligi 10 marta.

3. O`tirib – turish mashqi yodingizdami? Xuddi shu mashqni oyoqlarni elka kengligida ochib bajaring. 8 marta takrorlasangiz kifoya.

4. Oyoq uchida turgancha, navbat bilan oyoq tovonini ko`tarib – tushiring. Mashqni 15 – 20 marta bajarish lozim.

Shug`ullanishni boshladingizmi, darrov natijasiga yopishmang. 3-4 hafta o`tgach, asta-sekinlik bilan oyoq mushaklarining kattarib borayotganini ko`rasiz. Bu mashqlar oyoq boldiriga shakl berish uchun mo`ljallangan. Agar maqsadingiz oyoqning son qismini o`zgartirish bo`lsa, quyidagi usullarni bajaring.

– To`rt oyoqlab turing, ya`ni tana og`irligini tizza va qo`l kaftiga tashlang. To`g`riga qarab, har bir oyoqni 15 martadan yuqoriga ko`taring.

– O`tirib-turish mashqini oyoqlarni birlashtirgan holda bajaring. Takroriyligi 15 marta.

Hammasi mushaklarni to`g`ri chiniqtirishga bog`liq. Agar mashqlarni mustaqil bajarishga ko`zingiz etmasa, mashq zaliga boring-da, sport murabbiyi nazoratida shug`ullaning. Eplaysiz.

Kunora kontrast dush qabul qilish ham mushaklar uchun foydali.

Velosiped uchamizmi?

Oyoq mushaklari uchun eng yaxshisi velosiped minish! Uzoq masofaga yugurish, arqonda sakrash, piyoda sayr qilish sizga emas. Suzish va velosiped haydashga vaqt ajratsangiz va albatta, to`g`ri ovqatlanish qoidalari bajarilsa, istalgan natijaga erishasiz.

Gel yoki tabletka?

Ayrim bilimdon dugonalaringiz oyoq mushaklarini kattalashtiradigan qo`shimchalar, surtma va gellarni taklif qilishlari mumkin. Har narsani sinab ko`rishga oshiqavermaganingiz ma`qul. Zero, organizmga tushadigan yot modda qanday oqibatlarga olib kelishi noma`lum. Qolaversa, aynan oyoq mushaklarini chiniqtiradigan biologik faol qo`shimchalar mavjud emas. Proteinli kokteyl yoki shu kabi boshqa vositalar haqida eshitganingizda qanchalik ozg`ingizning suvi qochmasin, bu vaqtinchalik natija ekanini unutmang.

Xiyla ishlatamiz!

Oyoqlar ko`rinishidagi kamchilikni yashirish uchun quyidagi usullardan foydalanish mumkin.

1. Tizzadan tushib turuvchi «fransuzcha bichim»dagi yubkalarning bo`ksa qismi xiyol kengroq tikilganini tanlang. Uzun yubkalarning ham etak qismi keng bichilgani ayni muddao.

2. Leggins, lasina va oyoqqa yopishib turadigan har qanday shimlar sizniki emas! Klassik uslubdagi shim, old tarafiga chiziq tushirilgan turlari ham oyoqni to`laroq ko`rsatadi.

3. Libosingizda yorqin rangli gul yoki biror aplikasiya bo`lsin. Shunda o`tgan-ketganning diqqati oyoqlarga emas, egningizdagi kiyimga qaratiladi.

4. Platforma va tag qismi qalin poyabzallar siringizni fosh etadi. Qayiqcha uslubidagi tuflilar esa ayni muddao.

MARJONA tayyorladi.

Sharhlar

Ayolni qotillikka boshlagan rashk: Yangiyo`llik juvon boshqa ayolga uylanmoqchi bo`lgan shar`iy nikohidagi erini o`ldirib qo`ydi...

23.08.2021, 16:08

Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...
Ayolning joni qirqta, ammo qismati bittami? Yoxud zo`ravonlik va tazyiq qurbonlari… (video)

01.06.2021, 18:32

So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlarning tahqirlanishi, ayovsiz kaltaklanish holatlari aks etgan xabar va voqealar haqidagi chiqishlar keskin ortib ketdi. Ammo bu kabi vaziyatlar kechagina sodir...
Farg`onada 32 yashar ayol tomorqasida ko`knori etishtirayotgani aniqlandi

13.05.2021, 22:34

Farg`ona viloyati Marg`ilon shahrida 32 yashar ayol uyining tomorqasida ko`knori o`simligi etishtirayotgani aniqlandi, deya xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.Qayd etilishicha, 2021 yilning 5 may kuni...
"Go`zallikning kelib chiqishi" loyihasi inson go`zalligi har xil bo`lishi mumkinligini ko`rsatdi(foto)

03.12.2020, 19:22

Insoniyatning etnik xilma-xilligini o`rganish uchun "Go`zallikning kelib chiqishi" nomli loyiha tashkil etildi. Millatlar go`zalliklari o`rtasidagi tafovutni namoyon etish uchun turli mamlakat vakillari suratga tushirilmoqda.Loyihada 18 yoshdan...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1