1

​Nima uchun ayollarda mo`ylov chiqadi? Sabablarini o`rganamiz!

SUG'DIYONA 19.05.2017, 14:35
Teglar: Ayol, Go`zallik
​Nima uchun ayollarda mo`ylov chiqadi? Sabablarini o`rganamiz!

— Yoshim 30 da. Oilaliman. Ikki nafar farzandim bor. Chamasi olti oy ilgari labim ustida tuklar paydo bo`la boshladi. Hozir xuddiki o`smir yigitlarning mo`ylabi sabza urgandek holatga kelib qolgan. Kosmetolog ko`rigiga borgandim, u bu muammoni shifokor bilan hal etishim lozimligini aytdi. Yuzda ortiqcha tuklarning chiqishini davolash qanchalar samara beradi? Uni kosmetologik muolajalar bilan yo`q qilish mumkin emasmi?

Xurshida O`razalieva, Toshkent viloyati.

Darhaqiqat, bu muammodan butunlay qutilish uchun avvalo dermatolog, endokrinolog va ginekolog ko`rigiga borish lozim. Nega deysizmi? har bir insonning jinsiy belgilarini namoyon etishga ko`maklashadigan androgen gormonlari mavjud: ayollarda bu – progesterondir, erkaklarda esa testosteron aynan shu vazifani bajaradi. Qizig`i, bu ikkala gormon ayol va erkak organizmida ham uchraydi. Yagona farqi – miqdorida. Organizmda ularning miqdor muvozanati buziladigan bo`lsa, tashqi ko`rinishda ham o`zgarishlar ro`y beradi. Masalan, ayolda testosteron gormon ko`payib ketsa, husnbuzar toshishi, yuzda ortiqcha tuklarning paydo bo`lishi, hayz sikli, buyrak osti bezlari va tuxumdonlar faoliyatining buzilishi hamda homila tushishi kabi holatlar ro`y berishi ehtimoli oshadi. Bundan tashqari yuzdagi ortiqcha tuklarga qo`yidagilar ham sabab bo`ladi:

  • Bug`doy unidan tayyorlangan mahsulotlar va shirinliklarni haddan ortiq iste`mol qilish;
  • Teri kasalliklari (ekzema, psoriaz kabilar);
  • Anoreksiya (ozg`inlik va ovqatdan bosh tortish);
  • Tuxumdonlar polikistozi;
  • Menopauza.

Go`zallikni saqlab qolish hamda turli xastaliklardan himoyalanish uchun tahlil topshirish lozim.

Zaruriy tahlillar

Mo`ylovlarni oddiy kosmetik muolaja bilan olib tashlash yoki dori-darmon bilan davolash kerakligi shifokor ko`rigidan so`ng ma`lum bo`ladi. Unga qadar esa bemor ayol quyidagi tekshiruvlardan o`tishi shart:

  • Bir sutkalik peshob tahlili;
  • Gormonlar uchun qon tahlili;
  • Jinsiy a`zolar UTTsi.

Aynan mana shu tahlillarning natijasiga qarab, mo`ylovlarning chiqish sababi aniqlanadi. Agar testosteron miqdori me`yordan oshiq bo`lsa, uni dorilar bilan davolash talab etiladi. Biroq gormonlar miqdori me`yoriy ko`rsatkichni ko`rsatsa, unda sizga kosmetik muolajaning o`zi etarli sanaladi.

O`zingizga yordam bering!

Gormonal fonni muvozanatga keltirish uchun davolanish kursi uzoq vaqt talab etadi. U tugagunga qadar esa siz mo`ylovlarni atrofdagilarga «ko`z-ko`z» qilishni istamasligingiz aniq. Ularni vaqtincha yo`qotish uchun bir qancha usullardan foydalansangiz bo`ladi.

  • Pinset yordamida tuklarni terish. Bu ishni yaxshisi vanna qabul qilgach bajaring, chunki teri biroz bo`shashgan bo`ladi.
  • Vosk yoki shakarli epilyasiya. Bu muolajalar sizni muammodan 2-4 haftaga qutqaradi. Bu vositalarni istalgan dorixona va kosmetologik do`konlardan xarid qilish mumkin.
  • Oqartirish. Vodorod peroksidining 6 %li eritmasi hamda nashvadil spirtining aralashmasi yordamida ortiqcha tuklarni bemalol oqartirish mumkin. Faqat bu vositani qo`l terisining kichik hududiga surtib, allergiyaga moyillikni sinash lozim. Shuningdek, bu muolaja terisi oq-sariqdan kelgan ayollarga tavsiya etiladi.

Oliy toifali shifokor, dermato-venerolog Begali JUMANOV bergan ma`lumotlar asosida Dilnoza MIRTOLIPOVA tayyorladi.

Sharhlar

Ayolni qotillikka boshlagan rashk: Yangiyo`llik juvon boshqa ayolga uylanmoqchi bo`lgan shar`iy nikohidagi erini o`ldirib qo`ydi...

23.08.2021, 16:08

Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...
Ayolning joni qirqta, ammo qismati bittami? Yoxud zo`ravonlik va tazyiq qurbonlari… (video)

01.06.2021, 18:32

So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlarning tahqirlanishi, ayovsiz kaltaklanish holatlari aks etgan xabar va voqealar haqidagi chiqishlar keskin ortib ketdi. Ammo bu kabi vaziyatlar kechagina sodir...
Farg`onada 32 yashar ayol tomorqasida ko`knori etishtirayotgani aniqlandi

13.05.2021, 22:34

Farg`ona viloyati Marg`ilon shahrida 32 yashar ayol uyining tomorqasida ko`knori o`simligi etishtirayotgani aniqlandi, deya xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.Qayd etilishicha, 2021 yilning 5 may kuni...
"Go`zallikning kelib chiqishi" loyihasi inson go`zalligi har xil bo`lishi mumkinligini ko`rsatdi(foto)

03.12.2020, 19:22

Insoniyatning etnik xilma-xilligini o`rganish uchun "Go`zallikning kelib chiqishi" nomli loyiha tashkil etildi. Millatlar go`zalliklari o`rtasidagi tafovutni namoyon etish uchun turli mamlakat vakillari suratga tushirilmoqda.Loyihada 18 yoshdan...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1