AsosiySUG'DIYONA

​Dublyonkalarni uy sharoitida tozalash va to`g`ri saqlash qoidalari

'​Dublyonkalarni uy sharoitida tozalash va to`g`ri saqlash qoidalari'ning rasmi
  • Dublyonkalarni uy sharoitida ham tozalash mumkin. Qishda muz eritish uchun yo`llarga sepiladigan tuz dublyonkaning etagiga yopishgan bo`lsa, buni changyutgichning eng quyi rejimida tozalash mumkin.
  • Velyur yoki nubukdan tikilgan dublyonkalarni faqat quruq holatda tozalang.
  • Qalin parli kurtkalar, dublyonkalarni havosi chiqarilgan maxsus vakuum paketlarda saqlang.
  • Tabiiy teridan tikilgan po`stin, dublyonkalarni tozalash uchun choyshabni namlab, erga yoying. Ustki kiyimni tashqi tarafi bilan qo`yib, salgina urib, changdan halos qiling.
  • Ter yoki yog`dan qolgan dog`larni shampun yoki junli, sintetik hamda ipakli matolarni yuvish uchun ishlatiladigan kir yuvish vositalari bilan tozalang (1 stakan suvga 1 osh qoshiq vosita solinadi). So`ng toza matoni namlab, o`sha joylarni yaxshilab arting-da, qurishi uchun ilib qo`ying.
  • Sun`iy teridan ishlangan po`stinlarda yog` dog`lari bo`lsa, kartoshka uni va benzinni teng miqdorda aralashtirib tozalang. Buning uchun aralashmani surtib qo`yib, to benzin qurigunicha kutasiz. So`ng quruq mato bilan o`sha joyni artib tashlaysiz.
  • Agar po`stin juda kirlanib ketgan bo`lsa, yarimta oq atir sovunni qirg`ichdan chiqarib, ustiga 0,5 l. suv quyib, sovun erib ketgunicha aralashtirib turgan holda qaynating. Olovdan olib, soviting. Bir stakandan benzin va iliq suv qo`shib aralashtiring. Dublyonkani cho`tka bilan tozalab olgach, aralashmani avval kir bo`lgan joylarga, so`ng butun dublyonka sathiga surting. Birozdan so`ng po`stinni nam mato bilan arting. Po`stin qurigach, terini qattiq chyotka yordamida tozalang.
  • Shuningdek, sun`iy terili dublyonkalarni tozalovchi vosita solingan tog`orada yuvish mumkin. Oqib turgan suv ostida chayib olgach, siqmagan holda katta choyshabga o`rang. Choyshab quribroq qolgach, ichidagi dublyonkani to`g`rilab osgan holatda quriting.
  • Dublyonkalarni turli usulda saqlash mumkin. Masalan, vakuum qopchalar, po`stin, dublyonkalar uchun maxsus jildlarga solib qo`ysa bo`ladi. Agar bu buyumlar bo`lmasa, qalinroq tabiiy matodan o`zingiz uy sharoitida maxsus jild tikib, ichiga kuyaga qarshi vosita solib qo`ying (agar naftalin solmoqchi bo`lsangiz, uni avval sellofan paketga solib, ozgina puflab berkiting. So`ng har-har joyidan igna bilan teshib chiqing. Yo`qsa, naftalinning o`zi teriga salbiy ta`sir ko`rsatishi mumkin). Yoz mavsumida ustki kiyimlarni biroz vaqt ochiq havoga osib qo`yish mumkin.
  • Boshqa yangiliklar