AsosiySUG'DIYONA
17930

​Ter hididan halos bo`lishning 5 chorasi

'​Ter hididan halos bo`lishning 5 chorasi'ning rasmi

Aslida, terlashninng echimi oson: shaxsiy gigienaga e`tibor berib, maxsus vositalarni qo`llash. Ammo ular ham yordam bermasa-chi? Terlash o`z yo`ligayu ammo ter hidini bartaraf etish masala-da. Ko`p terlash asosan moddalar almashinuvining buzilishiga sabab paydo bo`ladi. Ayrim teri kasalliklari, asabiylashish ham ushbu holatga olib kelishi mumkin. Quyida sizni yozning eng aktual muammosini hal etish choralari bilan tanishtiramiz.

1. ASOSIY QOIDA!

Har kuni yaxshilab bolalar sovunida cho`milib, 10 daqiqa davomida avval iliq, keyin sovuq suvda dush qabul qilamiz. Bu oddiy chora immun tizimni kuchaytirib, terlashning oldini oladi.

2. TERLAShGA QARShI VOSITA (antiperspirant)

Odatda, bu vositani cho`milib bo`lgach, qo`ltiq ostiga surtamiz. Lekin bu noto`g`ri. Aynan ertalab ter bezlari faollik bilan ishlay boshlaydi va shu paytda ushbu vositani ishlatish foyda qilmaydi. Ammo kiyimda xunuk dog`lar qoldiradi. Shuning uchun cho`milib chiqqach, qo`ltiq ostini yaxshilab quritib oling. So`ng antiperspirantdan foydalansangiz bo`ladi.

2- ShIFOKORGA MUROJAAT QILAMIZ.

Terlashning asl sababini aniqlash zarur. Shunga qarab, davo choralari belgilanadi. Agar shundan keyin ham ter ajralishi faollashaversa, shifokor maslahatiga ko`ra, dorixonadan terlashning oldini oluvchi maxsus surtma dorini sotib oling. Uni har kuni cho`milib bo`lgach, qo`ltiq ostiga surtib olsangiz, kun davomida terlash va noxush hiddan halos bo`lasiz. Shunda ham terlash muammosi bezovta qilaversa, shifokor tavsiyasiga ko`ra, lazer bilan davolash yoki maxsus jarrohlik usuli yordamida ter bezlari faoliyatini susaytirish mumkin.

  • - MAXSUS PARHEZ
  • XALQONA ChORALARGA MUROJAAT QILAMIZ.

A) Har kuni nahorga 2 dona pomidor eng yoki yangi siqilgan pomidor sharbatini bir hafta davomida iching. Bu ham terlashning oldini oladi va moddalar almashinuvini tezlashtiradi.

B) Mavrak bargini damlab ovqatdan yarim soat oldin bir piyoladan iching. Chunki uning tarkibida V vitamini va magniy bo`lib, ter bezlari faoliyatini pasaytiradi.

V) Qo`llar terlaganida – oqpiyoz, qovurma taomlar, gulkaram yog`li qo`y go`shtini cheklang.

G) Qulupnay, o`stirilgan bug`doy, baliq, uzum, bodom terlashning oldini oladi. Shunday ekan, ularni ko`proq iste`mol qiling.

A) Barchaga birdek tanish isiriq o`ti. Ushbu o`tning shoxchalari va novdasini olib, maydalab sindiramiz, bir hovuchiga yarim litr qaynoq suv quyib bir soat damlab qo`yamiz. Damlamani tindirib, dokadan o`tkazib, qo`ltiq osti, chov orasini har kuni ertalab va yotishdan oldin artamiz.

B) Achchiqtosh kukunini bir chimdim miqdorida olib, bir piyola qaynagan suvda eritib olamiz va ko`p terlaydigan sohalarni obdon artamiz. Muolajani bir hafta davomida takrorlasangiz, terlashdan xalos bo`lganingizni sezasiz.

G) Kraxmal va iste`mol sodasini teng miqdorda aralashtirib, yarim choy qoshig`ini bir piyola suvda aralashtiring. Qo`ltiq osti va oyoq barmoqlari orasini arting va qurigach, bolalar upasidan seping.

Shifokor-dermatolog Umid SAIDOV tavsiyalari asosida Barno HOJIMIRZAEVA tayyorladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar