AsosiySUG'DIYONA

​Qulupnayning 9 foydasi

'​Qulupnayning 9 foydasi'ning rasmi
  • Meva tarkibida V1 vitamini mavjudligi sababli qulupnay asab tizimi faoliyatiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi.
  • V2 vitamini esa ko`z nuriga foyda.
  • Sharbati ishtahani ochsa, mevasini mavsum davomida iste`mol qilish yurak faoliyatini yaxshilab, immunitetni oshiradi.
  • Kam kaloriyali bu meva qomatingizga aslo xavf solmaydi.
  • Qulupnay foliy kislotasiga boyligi sababli xotirani mustahkamlaydi.
  • Bir nechta mevalarni ezib, ozginga limon sharbati qo`shing-da, sepkillar ustidan surting. Bu muolajani qulupnay mavsumi davomida amalga oshirsangiz, sepkillaringiz ko`zga tashlanmaydigan bo`ladi.
  • 2-3 dona mevalarni ezing. 1 choy qoshiq asal qo`shing-da, yaxshilab aralashtiring. So`ngra yuzingizga surtib, 10 daqiqa kuting. Sovuq suv bilan yuvish kerak. Yog`li yuz terisi uchun juda foydali.
  • Qulupnay mevalarini ezib, ozgina mayda tuz qo`shsangiz, ajoyib skrab tayyor bo`ladi. Aylana harakatlar bilan yuzingizni uqalab, skarbdan surtasiz-da, sovuq suv bilan yuvasiz. Keyin parvarishlovchi krem surtishni unutmang.
  • Quruq va normal yuz terisi uchun esa ushbu niqob ayni muddao. Qulupnayni smetana bilan aralashtirib, yuz terisiga surting. Ajin tushishining oldini olib, yuzni tetiklashtiradi.
  • Boshqa yangiliklar