AsosiySUG'DIYONA

​Shirin maktublar — ichida qulupnayi bor!

'​Shirin maktublar — ichida qulupnayi bor!'ning rasmi

Zarur masalliqlar (20 ta uchun): 100 gr. tvorog, 150 grammdan un, qulupnay va sariyog`, 50 gr. shakar, 1 dona tuxum.

Tayyorlanishi: 1. 50 grammdan shakar, un va sariyog`ni yaxshilab aralashtiring. Qolgan un, tvorog, sariyog` va tuzni qo`shib, xamir tayyorlang. Xamirni o`rtacha qalinlikda yoyib, to`rtburchak shaklda to`g`rang.

2. Qulupnayga qand upasi sepib, qoshiq yordamida ezing. Keyin xamir ichiga 2 choy qoshiqdan solib, konvert shaklida tuging. Yuziga tuxum sarig`i surtib, sariyog`li aralashmani seping. 180 darajada qizdirilgan gaz pechida 20 daqiqada pishadi.

Tayyorlanish vaqti: 40 daqiqa.

Boshqa yangiliklar