AsosiySUG'DIYONA

​Yuz shakliga qarab, qanday inson ekanligingizni bilib oling!

'​Yuz shakliga qarab, qanday inson ekanligingizni bilib oling!'ning rasmi

Yuzingiz oval shaklida bo`lsa, ta`sirchan, o`z dunyoqarashiga ega, bag`rikeng va optimistsiz. har bir ishga mantiqan yondoshganingiz va aniq maqsad intilganingiz sabab karera pog`onalarida tez ildamlaysiz. Agar biror ish rejangizdagidek bo`lmasa, jahl otiga minmang. Atrofdagilarga ham imkon berishni o`rganing.

Aylana shakldagi yuz sohiblari esa biroz jizzaki bo`lsalar-da, aslida juda ham ko`ngliochiq insonlardir. Boshqaruvchilik qobiliyatiga ega ekanliklari esa yutuqlarga erishishlarini ta`minlaydi. Ko`ngligingiz bo`shligidan foydalanishlariga yo`q qo`ymasangiz, dilxiralikdan aziyat chekmaysiz.

Orazning to`g`riburchak shakli o`ziga ishongan, aslzodalarga xos xarakatlar qiluvchi, o`z navbatida esa kichkina hodisalardan ham qattiq hayajonga tushuvchi kishilardan darak. Ularning iste`dodliliklari esa tahsinga sazovar. Soxtalikdan yiroq bo`ling. hayot yo`llaringizda samimiylik muhim ekanini unutmang.

Yuzi to`g`ri to`rtburchak shaklini eslatuvchilar qat`iyatli va biroz qo`polroq bo`lishadi. Dilidagi tilida bo`lgani uchun hamma bilan ham munosabatga kirisha olmaydi. Qaror qabul qilishga ustaliklari ularni ko`kka ko`taradi. Xonimlarga oilada ustunlikka harakatlari janjalga sabab bo`lishini inobatga olishlarini tavsiya etardik.

Chehrangiz uchburchaksimon bo`lsa, demak, siz yurakka quloq tutasiz. Rashkchi va biroz makkorligingiz ham bor. Shu tufayli doim quvnoq kayfiyatda yurasiz-da. Tadbirkorlik bilan shullansangiz, katta marralarni zabt etishingiz mumkin.

Noksimon yuzlar esa sohibu sohibalarining ta`sirchan va biroz dangasaligidan nishona. Aqlli bo`lsangiz-da, kimningdir turtkisiz biror ishga qo`l urishingiz qiyin. Ikkilanish va dangasalik ashaddiy dushmaningiz ekanligini unutmang.

Romb shakliga o`xshovchi yuz egalarining o`ziga xos fe`l-atvori bo`lib, atrofdagilar ular bilan til topishishga qiynaladi. Tanlovda adashishmasliklari, sir saqlashga ustaligi va ichimdagini top xilidan bo`lganliklaridan karera borasida yutuqlarga erishishadi. Ammo shu vajlardan shaxsiy munosabatlarda muammolar kuzatilishi hech gapmas.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar